Главная » 2009 » Февраль » 19 » Balolardan qutulish yuli tavbadir...
Balolardan qutulish yuli tavbadir...
09:28

Musulmonlar orasidagi bulayotgan bahtsizlik va falokatlarni oldini olishda bizning vojiblarimiz nimalar...

-Nimaiki balo kelsa bu bizning gunohlarimiz tufayli buladi,va kutarilishi faqatgina tavba qilish bilandir.

-Har birimiz uzimizni qilayotgan gunohlarimiz haqida uylab kurish,va undan qanday qilib qutulish yulini qidirish va usha gunohni yana qaytib qilmaydigan bulib tavba qilishni boshlashimiz kerak.

-Gunohlar badan a'zolariga qarab har-hil qismlarga bulinadi:

Til orqali qilinadigan gunohlar:Yolgon suzlash,fiybat qilish,chaqmachaqarlik,sukish,la'natlash,Allohning taqdiridan nolish.

Kuz orqali qilinadigan gunohlar:Erkaklarni nomahram ayollarga qarashi,va ayollarni nomahram erkaklarga qarashi,(kuchadami yoki ish joylaridami,yoki ahborot tarqatish vosiralari orqalimi,yoki jurnal-gazetalar,rasmlarmi...bularni qaysi biri orqali farqi yuq).

Quloq orqali qilinadigan gunohlar:Allohni gazabini keltiradigan har qanday harom narsalarni eshitish,bunda farqi yuq u musiqa buladimi yoki qushiq,yoki giybatni uz opa-ukalari ni qaytarmasdan eshitishi,huddi shunday chaqmachaqarlikni eshitish,va unga qaytarmasdan rozi bulishi.

Qul orqali qilinadigan gunohlar:Ushlab(olib) gunoh qilsih,zulm qilish,odamlarni urib haddidan oshish,nomahram ayollarni ushlash-silash va ular bilan qul berib kurishish (bu erda nomahram ayollargina mumkin emas,lekin ona-singil-qizlar bundan mustasnodurlar).

Oyoq bilan qilinadigan gunohlar:Harom qilingan joylarga borish.

-Yuqorida sanab utilgan gunohlarni har biriga Qur'oni Karim ba Sunnati Sharifadan dalillar keltiramiz:

Yolgon suzlash: Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan dedilar:Rosulullaoh s.a.v.aytilar:"Sizlarni rostguylikka buyuraman,albatta rostguylik yahshilikkka boshladi,va albatta yahshilik jannatga boshlaydi,bir kishi rost suzni suzlaydi va rostguylikni qidiradi,hatoinki Allohni huzurida rostguylardan deb yoziladi,va yolgondan uzoqlashishingizni buyuraman,albatta yolgon fisq-fujurga boshlaydi,va albatta fisq-fujur duzahga boshlaydi,va bir kishi yolgon gapiradi va yolgonni qidiradi,hatoinki Allohni huzurida kazzob=yolgonchi deb yoziladi",[Buhoriy rivoyati].

Giybat: Abu Hurayra r.a.dan albatta Rosululloh s.a.v. aytdilar:"Sizlar Giybat nima ekanligini bilasizlarmi?,Alloh va Rosuli biluvchiroq-deyishdi,shunda dedilar:uz birodarlaringizni u yoqtirmaydigan narsalari bulan zikr qilish.Aytishdiki:Agar aytayotgan gapim u birodarimda bulsachi?,Agar sen aytgan narsa unda bulsa uni albatta giybat qilibsan,agar unda yuq narsani aytgan bulsang buhton (tuhmat) qilibsan",[Buhoriy rivoyati].

Chaqmachaqarlik: Huzayfa r.a. dedilar:Rosululloh s.a.v.nin shunday deyayotganlarini eshitdim:"Jannatga Qottad=Chaqmachaqarchi kirmaydi".Qottad-u chaqimchi,va u ba'zi odamlarni suzlarini boshqalarga ularni orasida fasod chiqaradigan qilib tashuvchi.

Sukushlik va la'natlashlik: Rosululloh s.a.v.dedilar:"Mu'min kishi ta'na qiluvchi emas,va la'natlovchi ham bulmaydi,va yomon suzlarni gapirguvchi ham emas,odobsiz-hayosiz-haqoratchi ham emasdir."[Termiziy rivoyati].

Harom qilingan narsalarga qarash: Alloh Taolo aytadi;{Mu'minlarga ayting,kuzlarini (nomahram ayollarga tikishdan) tussinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar!Mana shu ular uchun eng toza (yuldir).Albatta Olloh ular qilayotgan hunarlaridan habardordir.},Nur surasi:30-oyat.

Rosululloh s.a.v. dedilar:"Yullarda utirishlikdan saqlaninglar!,Ey Rosululloh,bizlar gaplashib utirib qolishimizga  tugri keladi?-dedilar,shunda paygambarimiz javoban dedilar:Agar turib qolsangizlar yulni haqqini beringlar!,Yulni haqqi nima?-deb suradilar,Kuzni (haromlardan)saqlash,vabirovga aziyat berishlikdan saqlanish,va salomga alik olishlik,va yahshilikkka buyurib,yomonlikdan qaytarishlik."[Muslim rivoyati].

Rosululloh s.a.v.dedilar:"Odam bolalariga zinodan nasiba yozildi,unga albatta yuliqdigan qilib quyildi,ikki kuzni zinosi qarashlik bilandir,tilni zinosi gapirishlik bilan,ikki quloqni zinosi eshitishlik,ikki qulni zinosi ushlashlik,ikki oyoqni zinosi qadam quyishlik bilandir,va nafs uni hohlab-orzu qiladi,va a'zosi uni rost yoki yolgonga chiqaradi."[Buhoriy rivoyati].

Harom qilingan narsalarni eshitish: Alloh Taolo aytadi:{Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki,ular bilimsizlik bilan (uzgalarni) Ollohning yulidan ozdirish uchun va u (yulni) mashara qilishlik uchun behuda suz(lar)ni sotib olur.Ana ushalar uchun hor qiluvchi azob bordir.Qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa,guyo ularni eshitmagandek,guyo quloqlarida ogirlik-karlik bordek,kibru-havo bilan yuz ugirib ketur.Bas unga alamli azob haqida "hushhabar" berib quying! }  Luqmon surasi:6-7-oyatlar,Ibn Abbos uz tafsirlarida ushbu oyatni :"Bir kishini unga kechayu-kunduz ashula aytib turishi uchun churi ayol sotib olishi haqida" -deydilar,Ulug tafsirchilardan bulgan Mujohid dedilar:ushbu oyat ashula aytadigan ayol yoki erkakni kup pul e'vaziga sotib olib,uni eshitish,yoki shunga uhshagan botil ishlar haqida"- deydilar,yan ulug mufassirlardan bulagan Abu Ishoq bu oyat haqida shunday deydilar:"Bu erda zikr qilingan-lahval hadis-u ashuladir,chunki u Alloh Taoloni zikr qilishdan chalgitadi".

Rosululloh s.a.v aytadilar:"Qiynat=ashulachi churini sotmanglar,va uni sotib ham olmanglar,va ularga ashulani urgatmanglar,ular bilan qilingan tijoratda yahshilik yuqdir,va ularning pullari haromdir".[Termiziy rivoyati].

Rosululloh s.a.v.aytadilar;"Albatta ummatimdan bir qovm buladi,ular zinoni,va ipak kiyimni(erkaklarga,ayollar bundan tashqari ularga ipak kiyish mumkin),mast qiluvchi ichimlikni,maozif=musiqa asboblari halol qilib oladilar",[Buhoriy rivoyati],Maozif-bu har bir lahu,bekorchi asboblardir bunga lufat ulamolari orasida ihtilof yuq,agar halol bulganda paygambarimiz s.a.v. uni halol qilib oluvchilarni yomon demagan bulardilar,uni halol qilib olishni zino,ipak va mast qiluvchi ichimliklarni halol qilib olish qatori qushdilar.

Ushlash,zulm,odamlarni urib haddan oshishlik: Rosululloh s.a.v. :" Muflis=qarz uzishga qodir bulmagan qarzdor kimligini bilasizlarmi?-dedilar;Muflis-u bizni nazdimizda hech bir matosiyu-dirhami ham yuq bulgan kishidir;deyishdi.shunda s.a.v. dedilar:Albatta ummatimdan bulgan Muflis qiyomat kunida nomoz,ruza va zakotlari bilan keladi,va u sukkan kishi uni oldiga keladi,va u ayblagan kishi,va molini egan kishi,va qonini tukkan kishi,va u urgan kishi keladi,va bu kishiga uni hasanat=yahshiliklaridan beriladi,va u kishiga uni hasanat=yahshiliklaridan beriladi,agar hasanatlari qarzlarini utashdan oldin tugab qolsa,ularni hato-gunohlaridan unga yuklanadi,sungra jahannamga uloqtiriladi."[Muslim rivoyati].

Nomahram ayollarni ushlash,va qul berib kurishishlik,va zaruratsiz holatda aralashib yurishlik: Rosululloh s.a.v.aytadilar:"Sizlardan biringiz nomahram-unga halol bulmagan ayolni ushlaganidan kura,uzini boshiga begiz bilan urilgani yahshiroqdir."

Rosululloh s.a.v. dedilar:"Albatta men ayollar bilan qul brib kurishmayman."

Rosululloh s.a.v. dedilar:"Ayollarni oldiga kirishlikdan saqlaninglar,ansorlardan bulgan bir kishi dedi:Ey,Rosululloh,hammuv(asl ma'nosi ulimdan oldingi bezgakdir,bu erda shunga uhshatilayapti)=qayni-erini oka yoki ukasiga nima deysiz?,Hammu u ulimdir;-dedilar".Lays bin Sa'd: Hammuv bu erning aka yoki ukasi yoki shular kabi qarindoshlari amakivachcha yo shunga uhshashlar dedilar.Hammuvni ulim deyishlikdan bu erdagi maqsad:uni ulimga uhshatilyapti chunki u qaynilari ayol uchun unga etishishlikda kuproq qodir buladiganlardir,va ayol bilan hech kim ularni inkor qilmagan holatda kup holi buladiganlar ham ushalardir boshqa begonalardan kura.

Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 3384 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |