Главная » 2008 » Ноябрь » 29 » Nomoz uqimaydiganlarga…
Nomoz uqimaydiganlarga…
07:58
                                              
Nomoz uqimaydiganlarga…

Men sizga uzun ma’ruzalar qilmayman,lekin sizga namozni tark qilish hukminigina aytib u’taman...
Farz nomozlarini tark qilish kufrdur,kimki uni vojibligiga qarshi bu’lgan holda tark qilsa ahli ilmlar nazdida kofir hisoblanadi. Ammo kimiki unga qarshi bulmasdan,nomozni vojibligini tan olib turib nomoz uqimasa Ahli ilmlarning nazdida tug’ri-sahihrog’i kofir hisoblanadi.Uni bu kufri ushbu dalillarga ku’ra uni Islomdan dinidan chetga chiqaradi;bu dalillarni qisqa ravishda keltiraman:
· Alloh Taolo aytadi: {Boldir ochiladigan (ya’ni og’ir hisob-kitobga chog’laniladigan) va ular (kofirlar) ku’zlari (quyiga) e’gilgan,horlik ularni u’rab-e’gallab olgan hollarida sajda qilishga chorlanishib,(lekin sajdaga) kuchlari etmay qoladigan Kunni (eslang)! (Chunki hayoti-dunyolik paytlarida) ular sog’-salomat bu’lgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar,(ammo sajdaga qodir bu’la turib undan bosh tortar edilar). } Qalam surasi:42-43-oyat. Bu oyatlar nomozni tark qiluvchilar ohiratda kofir va munofiqlar bilan birgaligiga dalolat qiladi,Qiyomat kunida ularni bellari bukila olmaydi musulmonlar sajda qilganlarida,agar ular musulmonlardan bu’lganlarida ularga ham huddi musulmonlarga izn berilgandek izn berilardi sajda qilishga.
· Va Alloh Subhanahu va Taolo yana aytadi: {Har bir jon u’zi (hayoti-dunyoda) kasb qilgan amali sababli (du’zhda) ushlanguvchidir. Faqat u’ng qul egalarigina (ya’ni hayoti-dunyoda iymon keltirganlari va e’zgu amallar qilganlari sababli Qiyomat kunida nomaiy a’mollari u’ng qullaridan berilgan saodatmand zotlargina du’zahdan) najot topguvchidirlar.Ular jannatlarda bir-birlari bilan (du’zahga tashlangan) jinoyatchi-kofir kimsalar haqida savol-javob qilishurlar.(Ular du’zah ahliga): “Sizlarni nima Saqor(du’zah)ga kiritdi?!” (deganlarida);Ular ayturlar: “Bizlar namoz u’qiguvchilardan bu’lmadik.Miskin-bechoraga taom berguvchi ham bu’lmadik.Bizlar (botil-behuda su’zlarga) shu’ng’uvchi kimsalar bilan birga shu’ng’ir e’dik (ya’ni Qur’on va payg’ambar hususida tuhmat-yolg’onlar tu’qir e’dik.)To bizlarga aniq (u’lim) kelguncha bizlar Jazo-Qiyomat kunini yolg’on der e’dik”. } Muddassir surasi: 38-47-oyatlar. Bu oyatlar nomozni tark qiluvchilar Saqor nomli du’zahga yu’l oluvchi kofir-jinoyatchi kimsalardan e’kanligini ma’lum qilayapti.Va Alloh Taolo ularni u’z oyatlarida shunday deydi: {Albatta jinoyatchi-osiy kimsalar gumrohlik va ahmoqlikdadurlar.Ular yuztuban hollarida du’zahga sudraladigan Kunda (ularga):”Du’zah azobini totib ku’ringlar!”(deyilur).} Qomar surasi:47-48-oyat.
· Alloh Azza va Jalla yana aytadi: {Endi agar tavba qilsalar va nomozni tu’kis ado e’tishib,zakotni (haqdorlarga) ato qilsalar,u holda diniy birodaringizdirlar.Biz oyatlarimizni biladigan qovm uchun mufassal bayon qilurmiz.}Tavba surasi:11-oyat. Bu oyatlardan ma’lum bu’ladiki nomoz u’qishlari bilan mu’min-musulmonlarga aka-uka-birodar hisoblanadilar,ya’ni ular ham mu’min-musulmonlardan hisoblanadilar.
· Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Payg’ambarimiz shunday deganlarini e’shitdim: {Mu’min kishi bilan kifr va shirkni orasidagi farq bu nomozni tark qilishlikdadir.}
· Abdulloh ibn Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:aytdilarki,Rosululloh s.a.v. shunday dedilar: {Biz bilan ularning u’rtamizdagi farq bu nomozni tark qilishlaridadur,bas kimiki uni-nomozni tark qilsa albatta kufrga u’tibdi.}
· Abdulloh ibn Shafiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:aytdilar: {Muhammad s.a.v.ning ashoblari nomozdan boshqa-istisno bir amallarni tark qilinganda kofir bu’ldi deb bilmasdilar.} ya’ni ular nomozni tark qilgan kimsanigina kufrga u’tdi deya olardilar.
· Va sahobalarning ijmo’ qilishi bilan nomozni tark qiluvchini kufrga u’tganligi aytiladi.
· Imom Ibn Taymiyaning gaplari bu’yicha -Alloh u kishini uz rahmatiga olsin- nomozni tark qilgan kimsa 10 ta narsa bu’yicha katta kufr qilgan kofir sanaladi.
· Imom Ibn Qoyyumdan vorid bu’lishicha -Allohning u kishiga rahmati bulsin- Ular nomozni tark e’tuvchini katta kufr kqilganiga 22 tadan kuproq dalil keltirganlar.Tug’ri va aniqroq aytadigan bu’lsak nomozni tark qiluvchi mutloq kofir hisoblanadi ushbu ochiq-oydin dalillarga binoan.
· Imom Ibn Qoyyum aytadilar –ulatga Allohning rahmati yog’ilsin- “Nomozni tark qiluvchining kofir bu’lishiga Kitob va Sunnat va Sahobalarning Ijmo’
qilishlari dalil buladi”.
Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 2323 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |