Главная » 2008 » Ноябрь » 22 » Nabiy s.a.v.ning namozlarini vasfi 2
Nabiy s.a.v.ning namozlarini vasfi 2
13:51


4-TAKBIR.

29)     So'ng namozini “Allohu akbar” deb boshlaydi. Bu takbir aytmoqlik Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ning:”Namozning kaliti tahoratdir,uning tahrimi(yani namozda qilmoqlik harom qilingan bazi harakatlar) takbirdir va uning tahlili(yani usha harakatlarni yana halol bo'lihligi) salom bermoqlikdir” degan so'zlariga binoan rukndir.

30)     Hamma namozlarida takbir aytayotganda ovozini baland qilib aytmaydi. Faqat agar imom bo'lsagina baland qilib aytadi.

31)         Muazzin, imomning takbirini, orqasida namoz o'qiyotgan odamlarga e'tkazmoqligi joizdir(yani baland ovoz bilan). Agar bunga zarurrat bo'lca. Masalan imom kasal bo'lib, ovozi past bo'lsa yoki orqasidagi namoz o'qiyotgan odamlar juda ham ko'p bo'lganga o'hshash.

32)     Imomning orqasida namoz o'qiyotgan odam imom takbir e'tgandan keyingina takbir e'tadi.

 

              IKKI QO'LNI KO'TARMOQLIK KAYFIYATI:

33)     Takbir e'tayotgan vaqtda yoki e'tishdan oldin yoki e'tgandan keyin ikki qo'lini ko'taradi. Bularning hammasi sunnatda sobit bo'lgan.

34)     Ikki qo'lini ko'tarayotganda barmoqlarini cho'zgan holatda ko'taradi.

35)     Ikki kaftini elkalariga parallel qiladi, bazida ikki qo'lni ko'tarayotganda qulog'larini chetlariga parallel bo'lgunicha teparoq ko'taradi.

 

   IKKI QO'LNI QO'YMOQLIK KAYFIYATI:

36)     Takbir e'tib namozga kirishi bilan o'ng qo'lini chap qo'lini ustiga qo'yadi. Bu payg'ambarlarning-ularga Allohning saloti va salovoti bo'lsin-sunnatlaridandir. Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-o'z sahobalarini shu ishga buyurdilar. Ikki qo'lni tushurib turishlik joiz emasdir.

37)     O'ng qo'lning kaftini chap qo'lning kaftini orqasiga yoki bilagiga yoki qo'liga qo'yadi.

38)     Ba'zan o'ng qo'li bilan chap qo'lini ushlab turadi.

 

QO'LNI QO'IYSH O'RNI:

39)     Ikki qo'lini faqat ko'kragiga qo'yadi.Bu narsada e'rkak va ayol tengdirlar. (Balki k'okrakdan boshqa erlarlarga qo'yish zaifdir yoki umuman tegi yoqdir).

40)     O'ng qo'lini beliga qo'yimoqlik joiz emasdir.

 

HUSHU'U(QO'RQUV) VA SAJDA QILINADIGAN ERGA QARAB TURISHLIK:

41)     Namoz o'qiguvchiga namozida hushu'u(qo'rquv) bilan turmoqligi lozimdir. Namozdan chalg'itadigan naqsh va bezaklarga o'hshash har bir narsadan chetlanmoqligi ham lozimdir. Egisi kelib turgan taom tayor vaqtda namoz o'qimaydi. SHuningdek kattayu-kichik hojatlari qistab turgan vaqtda ham o'qimaydi.

42)     Namozda turganida sajda qiladigan erga qarab turiladi.

43)     O'ngga,chapga burulib qaramaydi. Darhaqiqat namozidagi burulib qarashligi shaytonning banda namozidan o'girlab olgan nasibasidir.

44)     Osmonga ko'zini ko'tarib qaramoqli nojoizdir(mumkin emasdir).

 

NAMOZNI OCHISH DUOLARI:

45)    So'ng Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-dan sobit bo'lgan duolar bilan namozini ochadi. Bu duolar juda ham ko'p bo'lib, e'ng mashxuri:” Subhanakallohumma vabihamdika, vatabarokasmuka, vata'ala jadduka, vala ilaha g'oyruka”. SHu va hunga o'hshash duolar bilan ochmoqlikka buyruq bo'lganligi uchun-bu narsani amalda qo'llash lozim bo'ladi.

 

 

 

5-QIROAT QILISH.

 

46)     So'ng Alloh taolodan panoh so'ramoqlik vojibdir, kim buni qilmasa gunohkor bo'ladi.

47)     Sunnat bo'yicha bazida:” A'uzu bIllahi minahhiytonir-rojiyim, min hamazihi va nafaxihi va nafatsihi” deyiladi. “nafatsihi” so'zini bu erdagi manosi: yomonlangan she'rdir.

48)     Bazida e'sa :” A'uzu bIllahi-Sami'il-A'liyim minahhaytonir-rojiyim…” ohirigacha.

49)     So'ng, ovozini chiqarib va chiqarmaydigan namozlarni hammasida:”BismIllahir-rohmanir-rohiyim” deb ichida e'tadi.

 

“FOTIHA” SURACINI O'QISH:

50)     So'ng 'fotiha" surasini hammasini o'qiydi- "bismillah" fotiha surasining birinchi oyati hisoblanadi-. Bu rukndir. Namoz busiz(fotihasiz) to'gri bo'lmaydi. Arab bo'lmaganlarga uni yodlash vojibdir.

51)     Kimki "fotiha"ni yodlashga qodir bo'lmasa:"subhanAllohi valhamdu lIllahi va la ilaha illAllohu vAllohu akbar vala havla vala quvvata illa bIllah" deb aytmoqligi joizdir.

52)       Sunnat bo'yicha bu surani o'qishda har bir oyatini to'htab to'htab o'qiladi, har bir oyatni bo'shida to'htaydi. "bismIllahir-Rohmanir-Rohiym" deydi, so'ng bir oz to'htab, so'ng "alhamdu lIllahi Robbil-a'lamiyn" deydi, yana bir oz to'htab, so'ng "arRohmanir-Rohiym"deydi,bir o'z to'htab,keyin "Maliki yavmiddin" deydi,bir oz to'htab... mana shunday ohirigacha.                        Rasululloh-sallollohu alayho vasallam-ning qiroatlarining hammasi shunday e'di, har bir oyatni boshida bir oz to'htab o'qir e'dilar. Xatto o'qiyotgan oyatlarini ma'nosi keyingi oyatga bog'liq bo'lsa ham ulab o'qimas e'dilar.

53)      "Maaliki"deb ham "Maliki"deb ham o'qish joizdir.

 

   IMOMGA IQTIDO QILGAN KISHI "FOTIHA"NI O'QISHLIGI:

54)     Imomning orqasida namoz o'qiyotgan kishiga "fotiha" surasini o'qishligi vojibdir. Bu o'rinda imom ovozini chiqarmay o'qisa ham uning o'qishligi vojib, chiqarib o'qisa ham o'qishligi vojibdir (agar uning(imomning)ovozi e'shitilmasa yoki imom surani o'qib bo'lib jim turib qolgan holatda ham o'qih vojibdir). Buning hammasi iqtido qilgan kishini ushbu surani o'qib olishligiga e'rishmoqlik uchundir. Xatto mana shu imomning surani o'qib bo'lib jim bo'lib qolishi sunnatda sobit bo'lmagan bo'lsa ham iqtido qilgan kishiga ushbu jimlikda "fotiha"ni o'qib olishligi vojibdir.

 

   "FOTIHA"DAN KEYINGI QIROAT:

55)     "Fotiha"dan keyin boshqa surani o'qishlik sunnatdandir. Xattoki bu "janaza"namozida bo'lsa ham. Yoki birinchi ikki rakatda sura e'mas ba'zi oyatlarni o'qishligi sunnatdandir.

56)    "Fotiha"dan keyingi qiroatni bazida cho'zadi, bazida e'sa yani: safar yoki havo sovug'ligida yoki kasal bo'lganda yoki yosh bolani yig'isini e'shitganda qiroatni qisqa qiladi.

57)     Namozlarni har-hil bo'lishligi natijasida qiroatlar ham har hil bo'ladi. “Fajr” yani “bamdod”namozining qiroati besh vaqt namozlarining boshqalariga qaraganda uzunroq bo'ladi, so'ng “zuhr”-“peshin” namozi, so'ng “asr” va “hufton” namozlari, so'ng “shom namoz”i qiroatni uzunligi bo'yicha tartib bilan keladi.

58)     Kechaci, tunda o'qiladigan “tahajjud” namozi bularning hammasidan ham uzunroq bo'ladi.

59)     Sunnat bo'yicha birinchi raka'atning qiroati ikkinchi raka'atnikiga qaraganda uzunroq bo'ladi.

60)     (To'rt raka'atlik namozlarda) ikkinchi ikki raka'atning qiroati birinchi ikki raka'atdagi qiroatining yarmi miqdorida bo'ladi.

 

 

  “FOTIHA”NI HAR BIR RAKA'ATDA O'QIMOQLIK:

61)     Har bir raka'atda “fotiha”ni o'qimoqlik vojibdir.

62)    Ba'zida (to'rt raka'atlik namozlarning) ohirgi ikki raka'atida zam surani qo'shishlik sunnatdandir.

63)     Imomga sunnatda bo'yicha uzun qiroatdan ham uzunroq o'qimoqligi joiz e'masdir. Darhaqiqat u(imom) bu ishi bilan orqacida o'qiyotgan katta yoshlik yoki kasal yoki e'mizaklik ayol yoki hojatmandlarni qiynab qoyadi.

 

   QIROATDAGI OVOZ CHIQARIB HAMDA CHIQARMAY O'QIMOQLIK:

64)     Bamdod, juma, ikki hayit, istisqo(yomg'ir talab qilib o'qiladigan namoz) va kusuf(quyosh tutilganda o'qiladigan namoz)larda ovoz chiqarib qiroat qilinadi. Shom va hufton namozlarida esa faqat birinchi ikki raka'atdagina ovoz chiqarib qiroat qilinadi.

Ammo peshin va asr namozlari to'liq, shom namozining ohirgi uchinchi rak'atida va huftonning ohirgi ikki raka'atida ovoz ichida qiroat qilinadi.

65)    Ovoz ichida o'qiladigan namozlarning bazilarida imom bir oyatni eshittirib o'qimoqligi joizdir.

66)     Ammo vitr va tungi “tahajjud” namozlarida e'sa bazan ovoz ichida, bazan ovozini chiqarib, gohida e'sa shu ikki holatni o'rtasi miqdorida qiroat qiladi.

 

   QUR'ONNI CHIROYTLIK QILIB O'QIMOQLIK:

67)     Sunnat bo'yicha Qur'onning oyatlarini bo'lmasdan(duduqlanmagan) va shoshmagan holatda tajvid bilan chiroylik o'qich kerak. Balkim harfma-harf ma'nolik qiroat qilib, o'z tovushi bilan qur'onni bezamoq sunnatdandir.

Tajvid ilmida ma'lum bo'lgan ahkom-qoidalar asosida go'zal qiroat qiladi. Bida't ahli o'qidigan noto'g'ri qiroat bilan va muzika qonunlari bo'yicha o'qimaydi.

 

   IMOM E'SIDAN CHIQARIB TUTILIB QOLGANDA E'SLATIB QO'YISH:

68)    Imomga iqtido qilib orqasidan namoz o'qiyotgan kishiga imom e'sdan chiqarib to'htab qolgan vaqtda qiroatni unga e'slatib qo'ymoq ruhsat e'tiladi.

Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 2886 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |