Главная » 2008 » Ноябрь » 22 » Nabiy s.a.v.ning namozlarini vasfi 3
Nabiy s.a.v.ning namozlarini vasfi 3
13:53
                                                             

6-RUKU'U QILMOQLIK.

69)     Agar qiroat qilib bo'lsa, nafasini rostlab oladigan muddat bir oz to'htab turadi.

70)     So'ng “takbir-e'hrom”da e'tib o'tgan holatdagidek ikki qo'lini ko'taradi.

71)     “Allohu akbar” deb takbir e'tadi. Bu vojibdir.

72)     So'ng ruku'u qiladi. Suyaklari iloji boricha tekis qila oladigan miqdorda ruku'u qiladi. Har bir suyak o'zini o'rnini olsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu rukndir.

 

    RUKU'UNING SIFATI:

73)     Ikki qo'lini tizzasiga qo'yadi, mahkam qo'yadi, barmoqlarini orasini ochadi, huddi ikki tizzasini uchlab o'lganga o'hshashi kerak. Bularning hammasi vojibdir.

74)     Orqa-umurtqasini cho'zib keng qiladi, toki suv quysa tarqab ketadigan qilib chozmoqligi kerak bo'ladi. Bu vojibdir.

75)     Boshini pastga qilib ham,yuqoriga qilib ham turmaydi, lekin orqa-umurtqa suyakiga teng qilib ushlaydi.

76)     Ikki tirsagini ikki yonidan uzoqda qilib ushlaydi.

77)     Ruku'usida uch yoki undan ham ko'p martta:” subhana Robbiyal-A'ziym” deb aytadi.(Bu o'rinda yana boshqa o'qiladigan duolar bor, agar hohlasang asliy kitobga qaragin).

 

    RUKUNLARNI TENG QILMOQLIK:

78)     Ruknlarni bajarish - vaqt bo'yicha uzoqligini teng bo'lmoqligi sunnatdandir. Ruku'uni, ruku'udan keyingi tik turishni, sajda qilishlikni va ikki sajdani orasidagi o'tirish muddatlarini iloji boricha barobar qilmoqlik sunnatdandir.

79)     Ruku'uda va sajdada qur'on o'qimoqlik joiz e'mas.

 

  RUKU'UDAN KEYIN TIK-TEKIS TURMOQLIK:

80)     So'ng ruku'udan suyaklarini ko'taradi. Bu rukndir.

81)     Mana shu tik turganda:”sami'Allohu liman hamidah” deb aytadi. Bu vojibdir.

82)     Yuqorida e'tib o'tilgandek ikki qo'l ko'tariladi.

83)     So'ng har bir suyak o'z o'rnini olmoqligi uchun tekis hotirjam turadi. Bu rukndir.

84)     Mana shu turishda:”Robbana lakal-hamd” deb aytadi. Bu har bir namoz o'qiguvchiga, hatto imom bo'lsa ham vojibdir. Bu tik tirganda o'qiladigan hos duo bo'lib, “tacmi'i” yani “sami'Allohu liman hamidah” demoqlik e'sa ruku'udan turayotgandagi hos duodir.(Bu o'rinda yana boshqa o'qiladigan duolar bor, agar hohlasang asliy kitobga qaragin).

85)     Aytib o'tilganidek bu tik turish va ruku'uni vaqt jihatdan uzoqligi teng qilinadi.

 

 

7-SAJDA QILMOQLIK.

 

86)     So'ng “Allohu akbar” deydi. Bu vojib.

87)     Bazan ikki qo'lini ko'taradi.

 

  ERGA BIRINCHI IKKI QO'LI BILAN TUSHMOQLIK:

88)     So'ng sajdaga ikki qo'li bilan cho'kkalab yiqiladi. Qollarini ikki tizzasidan oldin qo'yadi. Bunday qilmoqlikka Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam buyurganlar va U kihidan o'zlari ham shunday qilganliklari sobit bo'lgan. Yana Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam- tuyaga o'hshab o'tirishdan qaytarganlar. Chunki tuya oldingi ikki tizzasi bilan cho'kkalaydi.

89)     Agar sajda qilsa-bu rukndir-ikki kaftlarini cho'zgan holda ularga suyanadi.

90)     Ikki kaft barmoqlarini siqib ushlaydi.

91)     Ularni(barmoqlarni) qiblaga qaratadi.

92)     Ikki kaftini elkasiga teng-paralel ushlaydi.

93)     Bazida e'sa ikki qulog'iga teng-paralel qiladi.

94)     Ikki tirsagini erdan ko'tarib turmoqligi vojibdir. Itga oxshab tirsaklarini yoymaydi(yani erga).

95)     Burni va peshonasini erda mahkam tutadi. Bu rukndir.

96)     Ikki tizzasini ham mahkam ushlaydi.

97)     Ikki qadamining uchlarini ham huddi shunday mahkam ushlaydi.

98)     Va ikki qadamini o'zini e'sa tekis tutadi. Bularning hammasi vojibdir.

99)     Ikki oyoqni barmoqlarini qiblaga yuzlantirib ushlaydi.

100)     Tovonlarini tekis va qattiq tutadi.

 

    SAJDADA TO'G'RI VA TEKIS BO'LMOQLIK:

101)     Sajdada namoz o'qiguvchiga to'g'ri -tekis turmoqligi vojibdir. To'g'ri-tekis turmoqligi deganimiz: Bu Barcha sajda qiladigan a'zolariga teng holatda suyanmoqligidir. Bu a'zolar: peshona(burun bilan birga), ikki kaft, ikki tizza, ikki qadamning uchlaridir.

102)     Kim agar sajdasida shunday qilsa, demak aniq hotirjam bo'libdi. Sajdada hotrijam bo'lmoqlik-bu ham rukndir.

103)     Unda(sajdada):”subhana Robbiyal-aa'la”deb uch martta yoki undan kop aytadi.(Bu o'rinda yana boshqa o'qiladigan duolar bor, agar hohlasang asliy kitobga qaragin).

104)     Sajdada har hil duolar o'qimoqlik mustahabdir. Darhaqiqat bu o'rin duolar qabul bo'lmoqligi e'htimoli kop o'rindir.

105)     Yuqorida e'tib o'tganimizdek sajdada turish muddatini ruku'uda turish muddatiga yaqin qiladi.

106)     Erga sajda qilmoqlik joizdir, Er va uning peshonasini orasida kiyim yoki gilam yoki namat yoki shunga ohshash narsalar tursa ham joizdir.

107)     Sajda holatida qur'on o'qimoqlik joiz e'masdir.

 

    IFTIROSH(YOYILIB O'TIRMOQ) VA IKKI SAJDA ORASIDA TOVONIGA TAYANIB O'TIRMOQLIK:

108)     So'ng boshini takbir e'tgan holda ko'taradi, bu vojibdir.

109)     Bazan ikki qo'lini ko'taradi.

110)     So'ng har bir suyagi o'z o'rniga qaytguncha hotirjam o'tiradi. Bu rukndir.

111)     Chap oyog'ini cho'zib unga o'tiradi, bu vojibdir.

112)     O'ng oyog'ini to'gri qilib ushlaydi.

113)     O'ng oyog'larining barmoqlarini qiblaga qaratadi.

114)     Bazan ikki tovoniga tayanib o'tirmoqligi joizdir. Yani ikki tovonining orqasini tepasiga tekis o'tiradi. Ikki qadamini ko'kragiga o'tiradi.

115)     Mana shu o'tirishda:”Allohumma ig'fir liy, varhamniy, vajburniy, varfa'niy, va'afiniy, varzuqniy” deb aytadi.

116)     Yoki agar hohlasa:”Robbig'fir liy, Robbig'fir liy”deb aytishi mumkin.

117)     Ushbu o'tirishni sajdada bo'lgan vaqtga yaqin miqdorda cho'zadi.

 

   IKKINCHI SAJDA:

118)     So'ng takbir e'tadi. Bu vojib.

119)     Bazan shu takbirni e'tayotganda ham ikki qo'lini ko'taradi.

120)     Va ikkinchi sajdani qiladi. Bu ham rukndir.

121)     Birinchi sajdada nima qilgan bo'lsa bu o'rinda ham ushani qiladi.

 

   “ISTIROHA” O'TIRISH:

122)     Agar ikkinchi sajdadan boshini ko'tarib, ikkinchi raka'atga turmoqlikni hohlasa takbir e'tadi. Vojib.

123)     Bazan ikki qo'lini ko'taradi.

124)     Turishidan oldin,har bir suyagi o'z o'rniga qaytguncha chap oyog'ini uctiga tekis va to'gri o'tiradi.

 

   IKKINCHI RAKA'AT:

125)     So'ng ikkichi raka'atga ikki qo'li musht qilingan va erga tiralgan holda o'rnidan tekis turadi. Ikki qo'lini hamir qorayotgan odamga o'hshab musht qilib ushlaydi.

126)     Bu raka'atda huddi birinchi raka'atda qilgan ishlarni qiladi.

127)     Faqat namozni ochish duosini o'qimaydi.

128)     Bu raka'atni birinchiga qaraganda qisqaroq qiladi.

 

   “TASHAHHUD”GA  O'TIRMOQLIK:

129)     Agar ikkinchi raka'atni tugatsa “tashahhud”ga o'tiradi. Vojib.

130)     Ikki sajda orasida-yuqorida e'tganimizdek-oyog'ini yoyib o'tiradi.

131)     Lekin bu o'rinda tovonga o'tirish joiz e'mas.

132)     O'ng kaftini o'ng oyog'ini soniga va tizzasiga qo'yadi, o'ng tirsagini ohirini e'sa soniga qo'yib undan uzoqlashtirmaydi.

133)     Chap kaftini chap oyog'ini soniga va tizzasiga yoyib qo'yadi.

134)     Qo'liga tayanib o'tirmoqlik joiz e'mas, hossatan chap qo'liga.

 

   BARMOQNI HARAKATLANTIRMOQ VA UNGA QARAB TURISHLIK:

135)     O'ng qo'lining barmoqlarini hammasini yig'ib, bazan bosh barmog'ni o'rta barmog'ining ustiga qo'yadi.

136)     Bazan e'sa u ikki barmoqlarni halqa(doira) shaklida ushlaydi.

137)     Ko'rsatish barmog'ini e'sa qiblaga ishora qilib ushlaydi.

138)     Ko'zini mana shu ko'rcatish barmog'iga qaratadi.

139)     Duo qilgan holda tashahhudning boshidan ohirigacha mana shu ko'rcatish barmog'ini harakatlantirib turadi.

140)     Chap qo'lining barmoqlari bilan hech qanday ishora qilmaydi.

141)     Bu holatni har bir tashahhudda qiladi.

 

    “TASHAHHUD”DAGI O'QILADIGAN NARSALAR VA UNDAN KEYIN DUO QILMOQLIK:

142)     Tashahhud vojibdir. Agar e'sidan chiqarib qo'ysa ikki sajdai-sahv qilib qo'yadi.

143)     Tashahhudda o'qiladigan narsalar sirli ravishda ichida o'qiladi.

144)     Bu o'rinda o'qiladigan narsa:”at-tahiyyaatu lIllahi vas-solavaatu vat-toyyibaat, as-salamu a'la an-nabiy varohmatullohi vabarokatuh, as-salamu a'layna va a'laa i'badIllahi as-solihiyn, ashhadu alla ilaha illAllohu va ashhadu anna Muhammadan a'bduhu va rosuluh”.

145)     Bundan keyin Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ga salavotni quyidagicha o'qiydi:”Allohumma solli a'laa Muhammadin va a'la aali Muhammad, kama sollayta a'laa Ibrohiyma va a'la aali Ibrohiym, innaKa Hamidum-Majid, Allohumma barik a'laa Muhammadin va a'la aali Muhammad, kama barokta a'laa Ibrohiyma va a'la ali Ibrohiym, innaka Hamidum-Majid”.

146)     Agar hohlasang bundan ham qisqaroq salovat o'qishing mumkin:”Allohumma solli a'laa Muhammadin va a'la aali Muhammad, va barik a'laa Muhammadin va a'la aali Muhammad, kama sollayta va barokta a'laa Ibrohiyma va a'la aali Ibrohiyma, innaka Hamidum-Majid”

147)     So'ng mana hu tashahhudning davomida vorid bo'lgan duolardan o'ziga yoqqanini tanlab o'qishligi mumkin.

 

   UCHINCHI VA TO'RTINCHI RAKA'AT:

148)     So'ng takbir e'tadi. Bu vojib. Sunnat bo'yicha takbirni o'tirib e'tiladi.

149)     Bazan ikki qo'lini ko'taradi.

150)     So'ng uchinchi raka'atga turadi, bu ham keyingi(to'rtinchi raka'at)ga o'hshab rukndir.

151)     Agar to'rtinchi raka'atga turishni hohlasa ham huddi shunday qiladi.

152)     Lekin (to'rtinchi raka'atga) turishidan oldin har bir suyagi o'z o'rniga qaytgunicha chap oyog'ini ustiga o'tirgan holda o'zini tekis tutadi.

153)     So'ng ikki qo'liga tayangan holda turadi, bu huddi ikkinchi raka'atga turgandek qilinadi.

154)     So'ng uchinchida ham, to'rtinchi raka'atda ham “fotiha” surasini o'qiydi. Vojib.

155)     Bazan (“fotiha”ni ketidan) bir oyat yoki bir necha oyat qo'shib o'qiydi.

 

   MUSIBAT ETGANDAGI QUNUT DUOSI VA UNING O'QILISH O'RNI:

156)     Musulmonlarga musibat etganda namoz o'qiguvchiga ularning haqlariga qunut duosi o'qimoqligi sunnatdandir.

157)     Va bu qunut duosini o'qish o'rni-  ruku'udan keyin:”robbana lakal-hamd”deb aytgandan keyindir.

158)     Bu o'rinda aniq bir belgilangan duo yoq bo'lib, musibatga qarab duo qilaveradi.

159)     Bu duoni o'qilayotganda ikki qo'l ko'tariladi.

160)     Agar imom bo'lsa ovozini chiqarib duo qiladi.

161)     Orqasida turganlar e'sa “amiyn” deb turishadi.

162)     Agar (duoni)o'qib tugatsa takbir e'tadi va sajda qiladi.

 

   'VITR” NAMOZIDAGI QUNUT DUOSI, AYTISH O'RNI VA SIYG'ASI(SO'ZLARI):

163)   Ammo vitrdagi qunut duosini (doimiy e'mas)bazan o'qishga ruhsat beriladi.

164)     O'qiydigan o'rini- ruku'udan oldindir. Bu musibat etganda o'qiladigan qunut duosiga teskari holdadir(chunki bu qunut-yuqorida e'tgaimizdek-ruku'udan keyin o'qiladi).

165)     Bu o'rinda quydagicha duo o'qiydi(vitr duosi):”Allohumma ihdiniy fiy man hadayta, va a'afiniy fiy man a'afayta,va tavallaniy fiy man tavallayta,va barik liy fiy ma aa'toyta,vaqiniy sharro ma qodzoyta, fainnaka taqdzi valaa yuqdzo a'layka,vainnahu laa yaz'illu man valayta,valaa ya'izzu man a'adayta,tabarokta robbana va ta'alayta,valaa manjaa minka illa ilayka”.

166)     Mana bu duo Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam- o'rgatgan duolardandir. Bunga hech narsa qo'shilmaydi, faqat  Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ga salovot e'tsa joiz bo'ladi, chunki bu narsa sahobalar-rodziyAllohu anhum-dan sobit bo'lgandir.

167)     So'ng yuqorida aytib o'tkanimizdek ruku'u qiladi,ikki sajda qiladi.

 

   OHIRGI TASHAHHUD VA “TAVARRUK” HOLATIDA O'TIRMOQLIK:

168)     So'ng ohirgi tashahhudga qasd qiladi, bu ikkovi ham vojibdir.

169)     Bu tashahhudda huddi birinchi tashahhudda qilgan ishlarini qiladi.

170)     Faqat bu tashahhudda “tavarruk” holatida o'tiradi: yani chap dumbasini erga qo'yadi,ikki oyog'ini bir tarafdan chiqaradi, chap qadamini o'ng boldirini tagiga qo'yadi.

171)     O'ng qadamini tekis-tog'ri uhlaydi.

172)     Bazan bu o'rinda ham “farsh” yani yoyilib o'tirsa bo'ladi.

173)     Chap kafti bilan tizzasini ushlab, unga tayanib o'tiradi.

 

   RASULULLOH- sallAllohu alayhi vasallam-GA SALOVOT O'QIMOQLIKNI VA TO'RT NARSADAN PANOH SO'RAMOQLIKNING VOJIBLIGI:

174)     Bu tashahhudda Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ga salovat o'qimoqlik vojibdir. Bu salovotning bazi siyg'alari birinchi tashahhudda keldi.

175)     Va to'rt narsadan panoh so'ramoqligi ham vojibdir, quydagi so'zlar bilan panoh so'raydi:”Allohumma inniy au'uzu bika min azabi jahannama va min azabil-qobri, va min fitnatil-mahyaa valmamaati, va min sharri fitnatil-masihid-dajjal”.

 

SALOMDAN OLDINGI O'QILADIGAN DUO:

176)     So'ng Qur'on va sunnatda sobit bo'lgan o'zi hohlagan duolarni o'qimoqligi mumkin. Bu duolar juda ham ko'p va yahshidir. Agar bu duolardan birortasini ham bilmasa, o'ziga oson bo'lgan, bilgan, ohirat va dunyosiga foydalik hisoblangan duolarni o'qiydi.

 

SALOM BERMOQLIK VA UNING TURLI-TUMANLIGI:

177)     So'ng o'ng tarafiga salom beradi. Bu rukndir. Salomni toki o'ng chakkaci ko'ringuncha burulib beradi.

178)     Va chap tarafiga ham toki chap chakkaci ko'ringuncha salom beradi. Janoza namozida bo'lsa ham (shunday qiladi).

179)     Imom salom berayotganda ovozini kotaradi, faqat janoza namozi bundan mustasno.

180)     Mana bu salom berishni bir necha turlari bor:

     BIRINCHI: “as-salamu alaykum varohmatUllohi va barokatuh”deb o'ng tarafiga, “as-salamu alaykum varohmatUllohi” deb chap tarafiga salom beradi.

     IKKINCHI: huddi yuqoridek aytadi, faqat (chap tarafida ham) “va barokatuh” so'zini aytmaydi.

     UCHINCHI: “as-salamu alaykum varohmatUlloh” deb o'ngiga, “as-salamu alaykum” deb chapiga salom beradi.

     TO'RTINCHI: O'ng tarafga sag'al burulib, lekin to'griga qarab bir martta salom beradi.

 

   Hurmatli musulmon birodar! Ushbu qisqatrma- shundayki, Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ning namozlarining sifatlarini menga oson bo'lgancha qilingan qisqartmacidir. Albatta bu ishni men,toki sening nazdinda-huddi ko'rib turgandek-oson bo'lmoqligi uchun, hamda zehningda tasavvur qila olmoqliging uchun senga uni yaqinlashtirgan holda yozdim.

 

  Mana shundan kelib chiqib, agar sen, Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ning namozlarini senga qisqartirib berganimdek namoz o'qisang, unda men Alloh taolodan sendan bu namozingni qabul qilishligini umid qilib qolaman. Chunki sen bu ishing bilan haqiqatda Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ning:”Meni namozimni ko'rib turganizdek namoz o'qinglar” degan so'zlarini amalda bajargan bo'lasan.

 

  So'ng, bularning hammasidan keyin senga vojib bo'ladigan narsa bu-qalbni (namoz o'qilayotgan vaqtda) hozirlash, namozda hushu'u (sokinlik aralashgan qo'rquv) bilan turmoqlikdir. Mana hu narsa o'zi aslida bandani Alloh taoloning ikki qo'lini orasida turishligidan  e'ng katta maqsaddir. Men senga sifatlab bergan mana shu namozdagi hushu'u va Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ning namozlariga e'rgashishdan iborat narsani qanchalik o'zingda haqiqatga aylantirmoqliging darajasida(miqdorida), shunchalik senga Robbimiz tabaroka va taolo o'zining quyidagi:”darhaqiqat namoz fahsh(uyat) so'zlardan va munkar(gunoh ishlar)dan to'sadi” degan so'zlari bilan ishora qilgan- orzu qilinadigan samaraga e'ga bo'lasan.

 

  OHIRIDA: Alloh taolodan bizning namozimizni, barcha amallarimizni qabul aylamoqligini so'rayman. Yana bu namozimizni savobini bizga :”boylik va bola-farzand foyda bermaydigan kun, faqat kim Allohga sog'lom qalb bilan kelsagina(bundan istisno)”kuniga saqlab qo'yishini ham so'rayman. Va barcha hamdu-sano olamlar Robbisi Alloh uchundir.

 

(Tarjimani abu abdIllah abdulMalik o’g’li abdulFattoh qildi).

Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 2382 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |