MUSLIMA AYOL VA UNING ISLOMDAGI URNI... - 20 Июля 2009 - IYMAN.UCOZ.COM
Главная » 2009 » Июль » 20 » MUSLIMA AYOL VA UNING ISLOMDAGI URNI...
MUSLIMA AYOL VA UNING ISLOMDAGI URNI...
02:37
                               
Shayx AbdulAziz Ibn Baz rahimahullah
risolasi asosida tayyorlandi...

al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:
Islomdagi ayol va qizlarning o’rni juda ham yuqori, buyuk va ularning har bir musulmon hayoti uchun ta’siri juda kattadir. Darhaqiqat, muslima ayol haqgo’y jamiyat qurishdagi boshlang’ich o’qituvchi.
U Qur’onning hidoyati va Rasululloh (sallallahu ‘alayhi vasallam)ning sunnatlari ketidan ergashadi. Qur’onga va sunnatlarga sodiqlik kishini, xoh ayol bo’lsin, xoh erkak, adashishdan saqlaydi. Ba’zi bir halqlarning to’g’ri yo’ldan adashishlari va noto’g’ri yo’lga kirib ketishlari Alloh (subhanahu wa taolo) va Uning payg’ambarlari (alayhis salam)dan uzoqda bo’lganidan boshqa sabab orqali kelib chiqmaydi. Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytganlar:

"Men o’zimdan keyin ikkita masala(narsa) qoldirib ketayapman- Qur’on va mening sunnatlarim. Kimki shularga qattiq chirmashsa qoqilmagay(adashmagay).” [Hasan: Maalik tomonidan al-Muvatta (2/899) va al-Haakimda (1/93) jamlandi; Ibn ‘Abbaas (radiyallaahu ‘anhu)dan.]

Muslima ayolning mavqeyi- xoh xotinlik, opa-singillik, qizlik va xoh unga berilishi kerak bo’lgan huquqlar yoki undan talab qilinadigan huquqlar tarzida bo’lsin- Qur’oni karim va Rasululloh (sallallahu ‘alayhi vasallam)ning sunnatlarida yaqqol tushuntirilgan.
Uning (ayolning) muhimligining siri unga yuklangan bahaybat bir yuk, javobgarlik, yelkasiga qo’yilgan qiyinchiliklar va hatto erkaklar ham bardosh bera olmaydigan sinovlar tagidadir. Shuning uchun onalarga mehr-muhabbat ko’rsatish, ulardan minnatdar bo’lish har bir kishi uchun zarurdir va shu masalada ular har doim otadan birinchi qo’yiladi. Alloh subhanahu va taolo aytadiki:
”Biz ota-onasini(ya’ni ularga yaxshilik qilishini) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo’ldi(ya’ni qornidagi homila kattargan sari onaning madori qurib, zaiflasha borur), uni(ko’krakdan) ajratish(muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki):”Sen Menga va ota-onagga shukr qilgin!Yolg’iz O’zimga qaytajaksan”. Luqmon surasi 31:14






Alloh subhanahu va taolo yana aytadiki:
”Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik.Onasi unga qiynalib homilador bo’lib,qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo’lish va uni(sutdan) ajratish muddati o’ttiz oydir.” Al-Ahqof surasi 46:15

Bir kuni Rasululloh (sallallahu alayhi vasallam)ning oldilariga bir kishi kelib shunday dedi:
"Ey, Rasululloh! Insoniyat ichida (orasida) kim menga eng yaqin do’st bo’la oladi?” U(sallallahu ’alayhi va sallam) javob berdilar:
"Onang.” Shunda haligi kishi so’radi:
"Keyin kim?” Javob berdilar:
"Onang.” Keyin yana so’radi:
"Keyin kim?” Dedilar:
"Onang.” Yana so’radi:
"Keyin kim?” Shunda dedilar:
"Otang.” [Al-Buxoriy (#5971) va Muslim (7/2) tomonidan jamlandi; Abu Hurayrah (radiyallaahu ‘anhu)dan.]
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, ona uchun otaga nisbatan uch marotaba ko’proq yaxshilik va hushmuomalalik ko’rsatish kerak.
Zavja va uning har bir qalbni sokin va hotirjam qila olishiga kelsak, bu haqda quyidagi oyatda yaqqol tushintirilgan:
"Uning oyatlaridan (yana biri) – U zot sizlar hamdam bo’lishlaringiz uchun o’zlaringizdan juftlar yaratishi va o’rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir”. Rum surasi 30:21
Al-Hofiz Ibn Kasir (vafoti 774 H.) (rahimahullah) yuqoridagi oyatda uchraydigan "muvaddah” va "rahmah” so’zlarini tushuntirayotganda shunday dedilar:
"Al-muvaddah muhabbat va oshnolik degani, ar-rahmah mehr-muhabbat va rahm degani. Erkak kishi ayolni unga bo’lgan muhabbati, oshnoligi, yoki rahmi kelganidan oladi va o’zidan unga bola qoldiradi…” [Al-Hofiz ibn Kasirning Qur’oni Karim tafsiri.]
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) birinchi bor Hiro g’orida Jabroil (alayhis salom)ni ko’rganlarida vahimaga tushganlar. Shunda ayollari Xadicha (radiyallaahu ‘anhaa) ularni ovutishda katta hissalarini qo’shganlar. Qur’on birinchi nozil bo’la boshlaganda Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) Xadicha (radiyallaahu ‘anhaa) oldilariga titrab-qaqshagan holda kelib, shunday deganlar:
"Meni o’ra! Meni o’ra!”
Shunda Xadicha (radiyallaahu ‘anhaa) toki Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam)ning qo’rquvlari tarqaguncha o’rab o’tirdilar. Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) bo’lgan voqeani boshdan oyoq gapirib berganlaridan so’ng dedilar:
"Menga bir narsa bo’lishi mumkin deb qo’rqayapman.”
Shunda Xadicha (radiyallahu ‘anhaa):
"Hech ham! Alloh nomi bilan aytaman, U(Alloh) seni hech qachon yolg’izlatib qo’ymaydi. Sen qarindosh-urug’lar bilan yaxshi munosabatingda, qashshoq va nochorlarga yordam berishda, mehmonlaringga yahshi hizmat qilib qiyinchiliklarga uchraganlariga yordam qo’lini cho’zishda davom etaver.” [Al-Buxoriy (1/22) va Muslim (1/139) tomonidan jamlandi; Oysha (radiyallahu ‘anhaa) ning uzun rivoyatlaridan.]

Bundan tashqari, Oysha (radiyallahu ‘anhaa) ni ham yoddan ko’tarmaylik. Hatto payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) ning eng buyuk hamrohlari ham hadis bilimlarini shulardan olishgan. O’sha davrdagi ayollar bo’lsa ayollar masalalari xususida ulardan(Oysha onamizdan) ko’p narsa o’rganganlar.
Ishonchim komilki, onam - unga Allohning rahmati yog’ilsin - meni o’qishga, bilim olishga undab, menga juda katta yordam ko’rsatgan. Allohning o’zi uning oxiratini obod qilib, menga qilgan yaxshiliklari uchun unga mukofotlarning eng buyugini in’om etsin.

Yana ishonch bilan aytamanki, yaxshiliklarga, mehr-muhabbatga va to’g’ri islomiy tarbiyaga boy bo’lgan honadonlarni odam uchun ta’siri katta. Allohning xohishi bilan u, xoh bilim olish, savdo-sotiq yoki boshqa yo’l bilan tirikchilik qilish orqali istagan masalasida omadi chopadi. Shuning uchun men faqat Allohdangina bizga omad berishini va O’zi uchun ma’qul bo’lgan yo’lga boshlashini so’rayman. Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam), ularning oilalari, hamrohlari va ergashuvchilariga Allohning marhamatlari yog’ilsin.
Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 1271 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |