solih juft tanlashning muhimligi... - 22 Марта 2009 - IYMAN.UCOZ.COM
Главная » 2009 » Март » 22 » solih juft tanlashning muhimligi...
solih juft tanlashning muhimligi...
00:35
                                                                                                                       
al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:
Abu Hurayra (radiallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallahu alayhi vassallam: "Ayol kishiga to’rtta sababga ko’ra uylaniladi: boyligi, nasabi, husni va dini. Siz dindorini tanlang, shunda baraka topasiz” dedilar. [ Imom Al Buxoriy (9/132), Muslim (2/1086)]
Hadisning ma’nosi:
Erkak kishi har hil sabablarga ko’ra uylaniladi, va bular to’rttadir:
1.     uylanayotgan ayolning boyligi
 2.     ayolning nasl-nasabi
 3.     ayolning go’zal husni
 4.     va dindorligi
 Ayolning boyligi uchun uylanish joiz bo’lmaydi, agar o’sha ayol o’zini taqvo (Allohdan qo'rqish) bilan ziynatlantirmagan bo’lsa. Bu holda, ayol erki tamomila o’z qo’lida bo’lishini, va erining unga bo’ysunishi, erning ustidan hukmronlik qilishni tusab qoladi. O’zi buni aytmagan va tan olmagan holda ham, bu narsani ayolning hatti harakatlaridan bilib olsa bo'ladi,

Shu tariqa, mansabiga qarab uylanilgan ayol ham taqvodor bo’lmasa, eridan o’zini ustun qo’yadigan bo’ladi. Bunday holatni husniga qarab uylanilgan ayoldan ham kutish mumkin. Agar o’sha husndor ayol ham taqvodorlardan bo’lmasa, eriga past nazar bilan qaraydigan bo’lishi mumkindir.

Allohning Rasuli Muhammad sallallahu alayhi vassallam uylanishga maslahat bergan ayol esa-bu dindor ayoldir.
Yuqorida aytilgan gaplardan, boy, nasl nasablik va go’zal ayolga uylanishdan yuz o’girish kerak degan tushuncha kelib chiqmasligi kerak. Aytmoqchi bo’lganimiz, inson  barcha e’tiborni bu narsalarga bermasdan, aksincha, dinga qaratishligi joizdir. Agar bular hammasi din bilan mujassamlansa, bu holat xayrlidir.
Dindor ayol taqvodor, Rabbisiga itoatkor va U qaytargan ishlarga qo’l urmaydigan bo’ladi. Zero, Alloh toalo marhamat qiladiki:
Bas, ibodat-itoatli va erlari yo’qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol - mulklarini va o’z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir. [Niso (4):34]
U or-nomusli, erining mulkini saqlovchi, uning ruhsatisiz uydan tashqariga chiqmaydigan, o’z haq huquqlarini bilib, haddidan oshmaydigan ayoldir.
Shu bilan birga, ayolning zimmasida ham solih juft tanlash burchi bordir.   
Qanchadan qancha ayollar o’zlariga juft tanlashda adashganliklari sababli turmushlari buzilib, erlari ularni o’zlarining notug’ri yo’llariga tortganlar?    
Ammo shunday holatlar ham borki, hotinlar erlarini o’z yo’llariga burib olishgan; Imron ibn Hattabning holati bunga misol bo’la oladi.  U o’z jiyaniga Xavorij firqasidan tortib olish niyatida uylanadi, ammo aksincha, ayoli uni o’z yo’liga solib oladi.
Ayol kishining tabiati ta’sirchan va o’zgaruvchanligi sababli, ko’pincha ular erlariga bo’ysunib o’z yollaridan yiroqlashib ketishadi. Shuning uchun biz Allohdan dinimizda sobit qadamlik va davomiy bo’lishlikni so’rab qolamiz. Albatta, juft bir biriga ta’sir o’tkazmay qolmaydi, shu sababdan ham, biz solih juft tanlashda e’tiborli bo’lishligimiz lozimdir.
Abu Musa (radiallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallahu alayhi vassalam: "Yahshi juft bilan yomon juft huddi mushki anbar sotuvchisi bilan temirchi mislidek. Mushk sotayotgan insondan mushk sotib olasiz, yoki undan yoqimli hid yuqib qoladi. Temirchi esa  kiyimingizni kuydirib qo'yishi mumkin, yoki undan yoqimsiz hidga to'yasiz. ( Sahih: Buhoriy, Muslim)
Yana  qo’shimcha qilib Payg’ambarimiz sallallahu alayhi vassallamdan quyidagi hadisni ham keltirishimiz mumkin: " Inson do’stining dinidadir, kimni do’st qilib olishingizga e’tibor qiling”.
 va yana bir shoir aytishicha:
"Insoning o’zi haqida emas, balki uning do’sti haqida so’rang. Zero, ular bir birlariga o’rnakdirlar.”
Bundan tashqari Alloh toalo aytadi:

Bas, ular (ya’ni ahli jannat) bir – birlariga qarab savol – javob qilurlar. (shunday suhbatlarning birida) ulardan biri dedi: "Mening bir do’stim bor edi. U menga "Rostdan ham sen (o’lganimizdan so’ng yana qayta tirilishimizni) tasdiq etuvchilardanmisan?” der edi. (So’zlaguvchi hayoti – dunyoda oxiratni inkor qilgan do’sti haqidagi hikoyani tugatgach, jannatdagi birodarlariga): Sizlar (ham men bilan birga o’sha do’stimning do’zaxdagi holi nima bo’lganiga) qaraguvchimisizlar?” dedi. So’ng o’zi qarab uni do’zaxning o’rtasida ko’rdi [Soffat(37):51-55]

Va yana Alloh toalo aytadiki:
  Biz ular uchun (ularni To’g’ri yo’ldan ozdiradigan) "do’stlar” tayyorlab qo’ydik, bas o’sha ("do’stlar”) ularga oldilaridagi (gunohlarini) ham, orqalaridagi (gunohlarini) ham chiroyli ko’rsatdilar va ularga ham o’zlaridan avval o’tgan – halok bo’lgan insu – jindan iborat ummatlar qatorida So’z – Azob haq bo’ldi. Darhaqiqat, ular ziyonkor bo’ldilar. [Fussilat(41):25]
Bunga qo’shimcha qilib yana quyidagi hikmatli gaplarni keltirishimiz mumkin:
" Har kim o’ziga ohshash bo’lganga intiladi”
Va yana:
"O’hshash qushlar bir joyga yig’ilganlari kabi, insonlar ham o’zlariga ohshaganlarga intiladilar”.
Solih juftga uylanish haqida yana bir hadis keltiramiz:
Abu AbdurRahman Al-Habli Muhammad sallallahu alayhi vassallamdan: "Dunyo- insonlarga berilgan ne’matdir, va bu ne’mat matolarining eng yahshisi soliha ayol” deb marhamat qilganlarini rivoyat qiladilar. (Muslim 2/1090).
Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 939 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |