Главная » 2009 » Январь » 3 » Moturiydiylar
Moturiydiylar
23:00
                                                            

Ta'rif: Moturiydiylar:kalomiy firqadir,Abu Mansur Moturiydiyga nisbatlanadi,bu firqa Mutazilalar va Jahmiyyalar va boshqa husumatchilarga  aqliy dalillar va hujjat keltirishda qoim buldi,din haqiqatini va islom aqidasini isbotlashlik uchun!
    Asos  topishi va shahslari:
Moturiydiylar kalomshunos  firqa kabi  bir necha marhalalarni utkazdi,bu ism bilan asoschisi vafotidan keyingina tanildi,huddi ashariylar yoyuvchisi Abul Hasan Ashariy ulgandan sung tanilgani kabi,shuning uchun mujmal qilib ularni 4ta bosh marhaladan utgan desh mumkin:
    *Asos topish marhalasi (...-333 hijriy yillar): Unda mu'tazilalar bilan qattiq munozara-tortishuvlar buldi va bu marhalani sohibi:

-Abu Mansur Al-Moturidiy(...-333 h):U-Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Al-Moturidiy As-Samarqandiy,[Moturid]deb nomlangan joyga nisbat qilinadi,u joy daryo orqasidagi Samarqandga yaqin bulgan joydir.U kishini tugilgan kuni aniq holatda ma'lum emas,uni hayoti,usmirligi va ta'lim olishi haqida kup tarjimai holini yozganlar ham bu haqda zikr qilmaganlar.Ustozlaridan kamchilik uni zikr qilib utganlar.Nasir(Nasr) ibn Yahyo al-Balhiyga uhshash. U kishidan Hanafiy fiqhi va kalom ilmlarini yuzma-yuz ta'lim olgan.

-Unga Moturidiyya deb nom quyildi.Ularni nazdida uni manzilasi va qadr-qimmatidan kelib chiqib unga bir necha nomlarni muvofiq qildilar "Imam Huda","Imamul Mutakallimin"ga uhshash.

  Abdulloh al-Maroiy "Al-fathul mubin fiy tabaqotul usuliyyin" kitobida dedi:"Abu Mansur dalili kuchlik,musulmonlarni aqidalarini mudofa qiluvchi va mulhidlarni shubhalari qaytarar edi..."(1/193,194).Abul Hasan An-Nadaviy u haqida uzining "Rijal al-fikr va ad-da'va" kitobida shunday deydi:"insoniy fikr bilagonlaridan bir yahshi biladigan kishi edi,zakovati bilan ajralib turardi"(139-bet).Uni Abu Hasan al-Ash'ariyga ustun quygan edi "Tarihud-da'va val-azima" kitobida(1/114,115).

-Abul-Hasan al-Ash'ariy uni asrdoshlaridan buldi,Ahli sunna va Ahli kalom-mu'tazilalar va boshqalar urtasidagi tortishuvlar ichida yashadi.Mu'tazila va ulardan boshqalarni ziddiga majlislar qilardi,lekin uni yuli Ash'ariylarni yulidan boshqacha edi.

-333-hijriy yilda vafot etdi,Samarqandga dafn qilindi, uni kup kitoplari bor,uni eng mashhur kitoblaridan, usulul-fiqh va tafsir buyicha :"Ta'vilatul ahli as-sunna",yoki "Ta'vilatul-qur'an",bu kitob Qur'on nususlarini uz ichiga oladi,hususan Sifat oyatlarini.Kalom ilmi biyicha "Tavhid" kitobi mashhurdir,bu kitobda kalom nazariyyasi qaror topadi va unda muhim e'tiqod masalalarini bayon qiladi.Tavhid deganda qasd qilinadiki:Yaratish va tarbiyat qilish tavhidi,Allohning ism va sifatlari tavhidi,lekin Jahmiyyalar yuli buyicha Sifatlardan kupini tashbehni inkor qilib,poklashni hujjat qilib kup sifatlarni buzishadi,Salafi solihlarni yuliga teskari bulgan holda.Uni yana Imomi Hanafiyning "Fiqhul akbar"kitobiga sharh kitobi bor.Mu'tazilalarga raddiyalar buyicha "Rad usulul-homsa" kitobi ham bor.Rofizalarga raddiya buyicha "Rad kitab al-Imama li-ba'zil ar-Rovafiz" kitobi bor.Qoromiyyalarga qarshi "Ar-rod ala furu' mazhab al-Qoromita" kitobi bor.

 *Tashkil topish marhalasi (333-500 hijriy yillar): Moturidiy uquvchilari va undan keyingi u bilan ta'sirlanganlar marhalasi,bu vaqtda kalomiy firqa tugilib,birinchi bulib Samarqandda zohir buldi va shogirdlar uz shayhlarini va imomlarini fikrini yoyishda amal qila boshladilar va uni mudofa'a qilardilar.Imom Abu Hanifa mazhabida (ahkom)furu'larga tobe bulgan bir necha sinflar tashkil qildilar.Shu sababdan bu shaharlarda boshqalariga nisbatan kuproq Moturidiyya aqidasi rivojlandi.Bu marhalaning mashhur sohiblaridan:Abul-Qosim Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil Al-Hakim As-Samarqandiy(342 h),U kishi hikmatliligi va ma'ruzalari kupligi tufayli Abul-Qosim Al-Hakim deb tanilgan.Va Abu Muhammad Abdulkarim ibn Muso ibn Iso Al-Bazdaviy(390 h).

            *Sungra utgan marhalani davom ettirguvchi sanaladigan  bosqa bir marhala keldi,muhim va kuzga kuringan shahslar:

-Abu al-Yasr al-Bazdaviy(421-493hijriy)bu Muhammad ibn Muhammad ibn al-Husayn ibn Abdulkarim, va  al-Bazdaviy nisbat beriladi Bazdava degan joyga va bazda ham deyiladi.va "qoziyu as-sodr deb nomlashgan.va u  akasi Abdulkabir Ali al-Bazdabiy(421-hijriy yilda tugilgan)dan keyin Hanafiylarning shehidir.

-U otasini qulida ilm oldi.Otasi esa bobosi Abdulkarim Abu Mansur al-Moturiydiyni shogirdi edi.Alkanadiy kabi va boshqa  faylasuflarni kitoblarini uqidi.Va shuningdek Mutazilalarni al-Jabaiy va al-Kabiy va al-Nazzom va ulardan boshqalar kabi. Va unda dediki:"Ytiqod  ihona va shak-shubha tugdiradigan bu kitoblarni ushlashlik va unga qarashlik joiz emas".Ashariylarni kitoblarini uqidi va unda chuqur ketdi.va u kitobdagi hatoni bilgandan kyien uni uqishlik joizligini aytdi.va ta'vilat kitoblarini va Moturiydiyning Tavhid kitobini uqidi.Moturiydiyni Tavhid kitobida ozgina noaniqlik tshunarsizlik chuzishlik va tartibida qiyinlik topdi.va qasd qildi tartibini qaytadan va engillik va uni kitobi Usuliddinda bazi qushimchalarni zikrini qildi.
          - Shayh Abi al-Yasr al-Bazdaviydan kup sonli uquvchilardan oldi,mashhurlaridan:uni ugli al-qoziy Abu al-Mualiy Ahmad va Najmiddin Umar ibn Muhammad An-Nasafiy Nasafiy aqidalarini egasi va ulardan boshqalar.

-493yilining 9-rajab kunida vafot etdi unga Allohninng rahmati bulsin.
Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 2078 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |