Главная » 2008 » Ноябрь » 22 » Nabiy s.a.v.ning namozlarini vasfi 1
Nabiy s.a.v.ning namozlarini vasfi 1
13:48
                                                             

RASULULLOH sallAllohu alayhi vasallamning   TAKBIRDAN SALOMGACHA NAMOZLARINING SIFATI -huddi ko`rib turganingdek-  ( qisqartmasi).

KITOB MAULLIFI: sheyx, alloma, asrimizning xadis ilmida eng  kuchli sanalmish Muhammad Nosiriddin al-Albaniy.

 Mehribon va Rahimlik Allohning ismi bilan boshlayman.

  Darhaqiqat barcha hamd-maqtov Alloh uchundir, biz Uni maqtaymiz, Undan yordam so'raymiz va undan kechirim so'raymiz. Nafsimizni balolaridan, yomon amallarimizdan Allohdan panoh so'raymiz. Kimniki Alloh hidoyatga boshlaca, uni zalolatga boshlovchi yoq, va kimni zalolatga boshlaca  uni hidoyat qilguvchi bo'lmas.

   Guvohlik beramanki sherigi yoq Yagona Allohdan o'zga ibodatga loyiq zot yoq va guvohlik beramanki Muhammad Uning bandasi va rasulidir.

   Ammo ba'd: Menga bir necha birodarlar va do'ctlar “RASULULLOH sallAllohu alayhi vasallamning   TAKBIRDAN SALOMGACHA NAMOZLARINING SIFATI -huddi ko`rib turganingdek-“ kitobimni qisqartmasini yozmoqligimni, undagi iboralarni ommaviy odamlarga yaqinlashtirishimni taklif qildilar.

  Qachonki ushbu taklifni barakali e'kanligini ko'rganimdan, va bu narca meni ichimda kopdan beri aylanayotgan narsaga muvofiq kelganidan, o'zimning juda ko'p ilmiy ishlar bilan ziq to'la bo'lgan vaqtimdan ozginasini ajratmoqligimga meni undadi. Mana shuning uchun men ushbu taklifni kuchim va harakatim etgancha haqiqatga chiqarmoqlikka shoshdim. Va bu ishimni Alloh subuhanahu va ta'aladan faqat Uning yuzi uchun bo'lmoqligini va musulmon birodarlarim bu(kitobcha-qisqartma) bilan foyda olmoqliklarini so'rayman.

   Qisqartmada acliy-kitobdagiga ba'zi ortiqcha foydalarni qo'shib, ularga tanbeh berib, qisqartmada e'slab o'tmoqlikni o'rinlik deb topdim. SHunigdek bazi hadis va zikrlarda kelgan bazi lafz-sozlarni sharh qilmoqlikka hos inoyat bahsh etdim.

  Qisqartmada bosh sarlavhalarni va bohqa ko'p izohlovchi sarlavhalarni  qo'yib, ularning ostida asliy-kitobdagi mas'alalarni tartib raqamlar bilan keltirdim.

  Har bir mas'alani yoniga uning rukn yoki vojib hukmlarini aniq aytdim. Hukmini aytmoqlikdan jim bo'lgan bo'lsam demak u sunnatlardandir. Bazi hukmini aytishlikdan jim bo'lgan mas'alalarning hukmi vojiblik e'htimoli bordir. Bu hukmga yoki u hukmga qattiyatlik bilan jazm qilib e'tmoqlik ilmiy yolga to'gri kelmaydi.

   RUKN: deganimiz-bu biror narsani ichida to'liq bo'lmoqligi uchun kerak bo'lgan ish. Rukn bo'lgan bu ishni yoqligidan usha narcani bekor-botilligi lozim bo'ladi. Misol: ruku'uni namozdagi o'rni: ruku'u namozning ichidagi ruknlaridan bir rukndir, uning yoqligidan namozni bekor-botilligi lozim bo'ladi.

  SHART: deganimiz-bu huddi ruknga o'hshaydiyu faqat shart uning tashqaricida bo'ladi. Misol: tahoratning namozdagi o'rni: uningsiz namoz sog'lom bol'maydi.

  VOJIB: deganimiz-bu Qur'on va cunnatda hukmi qattiq bo'lgan narsa. Lekin hu bilan birga uning rukn yoki shart e'kanligiga dalil yoqdir. Uni qilguvchi savob oladi, qilmagan odam e'sa azoblanadi illoki uzri bo'lsa.

   Vojib kabi- FARZ ham shundaydir. Vojib va farzni orasini ajratish yangi termin bo'lib, uning dalili yoqdir.

  SUNNAT: deganimiz-bu Rasululloh-sallAllohu alayhi vasallam-ibodatlarida doimo yoki ko'pincha bajargan ishlaridir. Lekin bu ishni vojiblik uchun buyurmaganlar. Sunnatni qilgan odam savob oladi, qilmagan azoblanmaydi va urushilmaydi.

   Ammo bazi muqallidlarning keltiradigan :”Kimki meni sunnatimni tark qilca shafoatimga e'risha olmaydi” degan hadislari esa,(bu hadisni ular Payg'ambar- sallAllohu alayhi vasallam-dan deb o'ylashadi) umuman Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-dan asli-tagi yoqdir. Agar ish bunday bo'ladigan bo'lsa uni Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ga ulashlik joiz bo'lmaydi. Chunki bunday qilmoqlik Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam- aytmagan so'zni aytmoqlikdan iborat dahshat qo'rqinch bordir. Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam- aytdilarki:”Kimki men aytmagan narsani meni aytdi desa o'zini do'zahdagi o'rnini tayinlab qo'yaversin”.

  Co'z o'rni kelib qolgani uchun shuni aytamanki, darhaqiqat men bu qisqartmada -asliy kitobdagi kabi- e'rgashilayotgan to'rt mazhablardan mua'yyan bir mazhabni lozim tutmadim. Balki bu kitobchada “ahli hadis” yolidan bordim. Ahli hadis shunday kimsalar e'diki, ular Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-dan sobit bo'lgan har bir hadisni lozim tutishar e'di. Mana shuning uchun ularning mazhablari boshqalarning mazhablaridan kuchliroq bo'lgan e'di. Bunga har bir mazhabning insoflik kishilari guvohlik berishgan: bulardan hanafiy mazhabini ulamolaridan alloma Abu al-Hacanat al-Lakanaviy aytdiki:” …qanday "yoq"?!, ahir ular Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ning haqiqiy merosxo'rlaridir, U Kishining shariatlarining rostgo'y noiblaridir. Alloh ta'alo bizni ularning jamoasida qayta tiriltirishni, ularni yolida va muhabbatida jonimizni olishligini Buyuk Allohdan so'rab qolaman”.

  Imom Ahmad ibn Hanbalni -Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsinkim- u kishi aytib ketgandilar:

                                 Payg'ambar Muhammadning dini hadisdir

                                  Yosh yigit tobe uchun e'ng yahshi acardir

                                  Hadis va uning ahlidan o'zgalarni qo'ygin

                                  Fikr-r'oy tun, hadis kundizdir.

 DAMASHQ 26 SAFAR 1392 HIJRIY YIL

 MUHAMMAD NOSIRIDDIN AL-ALBANIY

                                   1- KA`BAGA  YUZLANISH.

 1)     E'y muslim agar namozga tursang qaerdan bo'lishingdan qattiy nazar qiblaga yuzlangin.  Farz va nafl namozlarda. Chunki bu namozning ruknlaridan ( yani asoslaridan) biridir. Busiz namoz sog'lom bo'lmaydi.

2)     Qiblaga yuzlanish  jang qilayotgan kishining “havf” (qo'rquv) namozini o'qiyotganda va qattiq urush borayotganda soqit bo'ladi. 

 *Shuningdek ojiz odamdan ham qiblaga yuzlanish soqit bo'ladi. Misol:Agar namoz   vaqti chiqib ketishi havfi bor vaqtda kasal odamdan,kemada,mashinada va samalyotda safar qilayotgan odamdan ham soqit bo'ladi.

*Yana markabda(miniladigan narsada) ketayotgan odamning nafl va vitr namozlarida ham bu rukn soqit bo'ladi,lekin bu odmaga yaxshi bo'lardi agar namozini takbir-ehrom(birinchi takbiri) vaqtida qiblaga yuzlanib namozini ochib, so'ng safar qilinayotgan tarafga yuzlanishligi.3)

3)     Xar bir ka'bani ko'ra oladigan odamga ka'baga ko'zi bilan yuzlansihligi vojib

     bo'ladi,ammo ko'ra olmaydigan odamga uning tarafiga yuzlanadi.

 XATO QILIB KA'BADAN BOSHQA TARAFGA O'QIB QO'YILGAN NAMOZNING HUKMI:

4)     Agar uzoq o'ylab, qiblani to'gri topish uchun harakat qilgandan keyib namoz o'qisa                                                    namozi to'gri hisoblanadi.Namozini qaytarib o'qimaydi.

5)  Agar namozga kirib bo'lgan bo'lsa va rostgo'yligiga ishongan bir kishi kelib unga qibla qaysi tarafdaligini ko'rsatib to'girlasa tezlidka qiblaga qarashi vijib bo'lib,shu bilan namozi ham to'gri bo'ladi.                     

 2- QIYOM (namozda turish).

                                                                      6)   Namozxonga turib namoz o'qishligi vojib bo'ladi. Bu ham namozning ruknlaridandir.    Faqat ba'zi hotlardagina namozda turmay o'qilishiga ruhsat beriladi:

*Xavf namozini o'qiyotgan yoki shiddatlik jang orasida namoz o'qiyotgan kishiga o'tirib yoki mingan narsasini ustida o'qishi mumkin.

*Va turishga ojiz bo'lgan kasal ham turmay o'qisa bo'ladi,ammo o'tirishga kuchi etsa u holda o'tirib o'qiydi,kuchi etmasa yonboshlab o'qiydi.

*Nafl namozini o'qiyotgan kishiga ham mingan narsasini ustida, agar safarda emas uyida bo'lsa ham o'tirib o'qishi joizdir.Bu holatda boshi bilan ishora qilib sajda va ruku'u qiladi, shuningdek,kasal ham. Boshi bilan ishora qilayotganda sajdasini ruku'usidan pastroq qiladi.

7)    O'tirib o'qiyotgan odamga sajda qilishligi uchun erga biror baland narsa qo'yishligi joiz emasdir, lekin agar peshonasi bilan erga eta olmasa u holda -etib o'tkanimizdek- ishora qilib sajdasini ruku'usidan pastroq qilib o'qiydi.

 KEMA VA SAMOLYOTDAGI NAMOZ:

8)    Avvalo: Kemada va Samolyotda namoz o'qishlik joizdir.

9)    Namozxon agar yiqilib tushish havfi bo'lsa kemada va samolyotda namozini o'tirib o'qisa bo'ladi.

10) Namozxon yoshi kattaligi yoki badani zaifligi uchun biror ustun yoki hassasiga tayanib o'qishligi joizdir.

 TURIB VA (TURISHDA O'QILADIGAN NARSALARNI) O'TIRIB NAMOZ O'QISH ORASINI JAM QILISH:

11)    Namozxonga tahajjud (tungi) namozni hech qanday uzrsiz turib yoki o'tirib  o'qishligi joizdir. Yoki bir turib, bir o'tirib o'qisa ham bo'ladi. Misol:namoz boshlidi,ot'irib olib “fotiha” va biror sura o'qiydi,so'ng ruku'uga yaqin turib olib,surani qolganini o'qib ruku'uga ketadi,sajda qiladi va huddi mana shu ishlarni ikkinchi rakatda ham qiladi.

12)    Agar o'tirib o'qisa chordana qurib o'tirsa ham bo'ladi,yoki o'ziga yoqqancha ot'irib o'qishligi joizdir.

 OYOQ KIYIMDA NAMOZ O'QISHLIK:      

13) Namozhonga yalang oyoq namoz o'qishligi joizdir, huddi shunday oyoq kiyimda ham o'qishligi joizdir.

14) Afzali,oson bo'lishiga qarab gohida oyoq kiyimsiz, bazida oyoq kiyim bilan o'qishligidir. Oyoq kiyimni kiyib yoki echib o'qishligi uchun o'zini ortiqcha qiynamasin.Balki agar yalang oyoq bo'lsa yalang oyoq, agar oyoq kyimda bo'lsa oyoq kiyimda namoz o'qilaveradi.Faqat biror zarurat topilsagina oyoq kiyim bilan yoki uningsiz namoz o'qiladi.

15)  Agar echib o'qisa oyoq kiyimini o'ng tarafiga emas, chap tarafiga qo'yadi,albatta   chap tarafida hech kim namoz o'qiyotgan bo'lmasa, agar o'qiyotgan bo'lsa u holda ikki  oyog'ini o'rtasiga qo'yib o'qiydi. Bu ish Rasulullohdan-u kishiga Allohning salovotu salomi bo'lsin-  dalil bilan sobit bo'lgandir

 MINBAR(BALAND ER)DA TURIB NAMOZ O'QISH:

16)       Imomning odamlarga to'gri namoz o'qishlikni o'rgatishligi uchun minbarga o'hshagan baland erda turib namoz o'qishligi joizdir: baland erga turib oladi,takbir etib namozga kiradi,”fotiha”va boshqa sura o'qidi,ruku'u qiladi,so'ng sajda qilishlik uchun minbarning ustidan turib to erga aniq etib olguncha orqasiga chekinib sajda qiladi,keyin ikkinchi rakatga turib birinchi rakatda qilganlarini takrorlaydi.

 “SUTRO” (TO'SIQ)GA QARAB VA UNGA YAQIN TURIB NAMOZ O'QISHLIKNING VOJIBLIGI:

17)     Namozhonga “sutro”(to'siq)ga qarab namoz o'qishligi vojib bo'ladi. Bu narsa masjidda b'oladimi, boshqa erda bo'ladimi (masalan uyida yoki mehmonda) farqi yoqdir,yani sutro olish vojibdir.Yana yosh jihatdan ham farqi yoqdir: katta yoshlik ham, kichik yoshlik ham sutro olishligi vojibdir. Bu Rasulullohning-u kishiga Allohning salovatiyu salomi bo'lsin-quyidagi umumiy so'zlaridan olingandir:”Sutro”dan o'zga joyda namoz o'qimagin,va hech kimni (namoz o'qiyotganinda) oldindan o'tib ketishiga yol qo'ymagin, agar o'jarlik qilib o'tmoqchi bo'lsa u bilan urush qilgin,darhaqiqat u bilan sherigi bordir.” ( sherigi-yani shaytondir).
18)       Sutroga yaqin turishlik vojibdir.Chunki buni Rasululloh buyurganlar.-U kishiga Allohning salovot va salomi bo'lsin-
19)Rasulullohning sajdaga bosh qo'yadigan joylari bilan qarab namoz o'qiydigan devor(sutro) o'rtasida bir qo'y o'tib keta oladigan masofa qolardi,kim mana shuncha masofada sajda qilsa, o'ziga vojib qilingan yaqin turishlik vojibini bajargan hisoblanadi.( Mana bundan ma'lum bo'ladiki, shu kunlarda odamlar masjidning qoq o'rtasida turib olib namoz o'qishlari-bu Rasulullohning buyruqlari va qilgan amallaridan g'aflatda qolishganidir.)
SUTRONING BALANDLIGINI HISOBI:
20)Rasululloh-U kishiga Allohning salovati va salomi bo'lsin-aytdilar:”Agar birortangiz o'zini oldiga biror tuyaning dumiga o'hshagan(balandlikdagi) narsa qo'ysa namoz o'qiyversin. Va bu narsani orqasidan o'tib ketganlarga ahamiyat bermasin”.Bu hadisdan shuni olamizki:“sutro” erdan bir yoki ikki qarich miqdorida baland  bo'lishligi vojibdir .
21)Sutroga to'gridan-to'gri qarab namoz o'qishlik vojibdir.Chunki bu Rasulullohning sutroga qarab o'qishga oid buyruqlarining zohiridir.Ammo bu sutradan o'nga yoki chapga o'zgarishlik to'gri bo'maydi va sobit bo'lmagandir.
22)Erga tiqib qo'yilgan xassaga qarab yoki shunga o'hshash narsalarga qarab namoz o'qish joizdir, yana daraxtga qarab, ustunga qarab namoz o'qishligi ham joizdir.Shunigdek krovatiga yoki o'riniga o'ranib olgan va cho'zilib yotgan ahli-ayoliga qarab, uy hayvoniga qarab, tuyaga qarab namoz o'qishlik ham joizdir.

QABRLARGA QARAB NAMOZ O'QISHLIKNING HAROMLIGI:

23)Qabrlarga qarab namoz o'qishlik mautlaqon joiz emasdir.Xotto qabr paygambarlarniki yoki boshqalariniki bo'lsa ham.
NAMOZ O'QIGUVCHINING OLDIDAN O'TIB KETISHLIKNING HAROMLIGI. XATTO BU MAKKADAGI MASJIDI HAROMDA BO'LSA HAM:

24)Namoz o'qiguvchining oldidan o'tib ketishlik joiz emasdir, agar u sutro olgan bo'lsa. Bu o'rinda Masjidi-Haromda bo'ladimi yoki bo'shqa birorta masjid bo'lami farqi yoqdir. Bu masalada hammasi tengdir. Buni biz Rasulullohning mana bu so'zlaridan olamiz:”Agarda namoz o'qiguvchining oldidan o'tib ketayotgan kishi unga e'tadigan azobni bilganida, 40 (hadis roviysi kun yoki yil yoki asr ekanligini aytmagan) kutib o'tmasdan turib qolishligi uning namoz o'qiguvchining oldidan o'tib ketishidan yaxshiroqdir”.Yani namozhon va uning sajda qiladijan joining orasi nazarda tutilyapti.( Ammo bazi kitoblarda kelgan, Rasulullohning sutrosiz namoz o'qiganliklari va odamlarning u kishini oldidan o'tib ketganlari haqidagi kelgan hadislar “sahih” emasdir).

 NAMOZXONGA O'ZINING OLDIDAN O'TIB KETAYOTGAN KISHINI QAYTARISHLIK VOJIBLIGI, XATTO BU MASJIDI HAROMDA BO'LSA HAM:
25)Sutraga qarab namoz o'qiguvchiga biror odamni oldidan o'tib ketmoqligiga qo'yib berimoqligi joiz emacdir. Bu oldingi hadicga:”…hech kimni oldindan o'tib ketihga yo'l qo'ymagin…” va Rasululloh- sallAllohu alayhi vasallam-ning so'zlariga:” Agar birortangiz odamlardan to'siq olib namoz o'qisa, va biror odam uning oldidan o'tib ketmoqchi bo'lsa, uning tomog'idan olib itarsin va kuchi etgancha unga bildirsin” binoandir, boshqa rivoyatda:”…uni ma'an qilcin-2martta-agar to'htashlikni hohlamasa u bilan urushsin,chunki u shaytondir”.

OLDIDAN O'TMOQCHI BO'LGANNI TO'SMOQLIK UCHUN OLDINGA YURISH:

26)Namoz o'qiguvchiga xayvon yoki yoch bolaga o'hshagan mukallaf yoshiga e'tmaganlarni oldidan o'tishligini to'sish uchun bir yoki undan ko'p qadam oldiga yurishligi joizdir. Bu toki u narsa uning orqasidan o'tib ketishligi uchundir.

NAMOZNI BUZADIGAN NARSA:
27)Sutroning namozdagi ahamiyatlaridan, sutro- sutroga namoz o'qiguvchi va uning namozini buzilmoqligini orasida to'siq bo'ladi(yani biror boshqa narsani oldidan o'tib ketishligi bilan), bu albatta sutro olmasdan namoz o'qiyotganni teskarisidir, darhaqiqat bu odamning namozi uning oldidan voyaga e'tgan ayol kishi shuningdek e'shak va qora it o'tishligi bilan buziladi.
3- NIYYAT.

28)Namoz o'qiguvchiga o'qimoqchi bo'lgan namozi uchun niyyat qilmoqligi, qalbi bilan usha namozni belgilamoqligi lozimdir. Masalan zuhr(peshin) farzi yoki asr farzi yoki ularning sunnat namozlariga niyyat qilmoqlikka o'hshash…Bu narca (niyyat qilmoq) shart yoki rukndir. Ammo niyyatni til bilan talaffuz qilib aytmoqlik sunnatga qarshi bida'tdir. To'rt mazhab imomlarining muqallidlariga e'rgahganlarning birortasi ham bunaqa gapni aytmaganlar.(Yani niyyatni tilda e'tmoqlikni).

Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 3222 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |