Главная » 2010 » Март » 21 » Qanday qilib HUSHU' ga erishish mumkin?Namozda hushu'ga erishish sabablari.
Qanday qilib HUSHU' ga erishish mumkin?Namozda hushu'ga erishish sabablari.
23:26
     Namozda hushuu’ bu’lishiga yordam  berguvchi sabablar:
*Nafsingizni bir joyga jamlang va namozga kirishlikdan oldin qalbingizni hozirlang.
*Tahoratni chiroylik qiling,tupiqlaringizni yuvishni tark qilmang va suvni isrof qilmang!
*Nafl namozlarini tashlamang va hususan sunnatlarni:Bomdodni sunnati va vitrga u’hshash va kechqurunda namoz u’qimoqlikni u’zingizga lozim tuting.
*Namozda odob saqlang!Har hil harakatlar qilish yoki sajdagohdan boshqa erga qarashlik yoki qaytarilgan behuda narsalarni qilishlikdan saqlaning.
*Dunyo mashg’ul qilib qu’yadigan narsalardan qalbingizni bushating,dunyo va undagi narsalaru fitnalar va mashg’ul qilib quyadigan narsalarning hammasi Allohning huzurida bir pashshaning qanotiga ham teng kelmaydi.
*His qilingki siz bir ulug’ zotni oldidasiz.Kim u oldingizda turgan zot?! U Alloh Azza va
Jalladir.
*Nomoz vaqti kirishligidan oldin namozga tayyorlaning,chunki Imom Muslim rivoyatida: "Taom hozir bu’lganda,g’oit va bavlga muhtoj bu’linganda namoz yu’qdir.”Nomoz u’qishlik uchun joy ham tayyor bu’lishligi kerak.
*U’qiyotgan va qaytarayotgan oyat va zikrlaringizni ma’nolarini fikrlab turing!
*Namoz hukmlari va odoblariga rioya qiling!Ku’zingizni sajda qilinadigan joyni u’zigagina qarating.Imom Buhoriy rivoyatlarida kelganidek rosululloh s.a.v. aytadilar: "Men qanday holatda namoz u’qiyotganimni ku’rgan bu’lsangizlar huddi shu holatda namoz u’qinglar.”
*U’yin kulgu asboblari va  suratlar oldida,tashvishga sabab bu’ladigan yoki har hil g’alati ovozlar bu’lgan joylarda namoz u’qishlikdan saqlaning!
*Namozni savobini tu’liq hosil qilishlikni umid qiling.
*Namozni jamoat bilan birga ado qilmaslikdan e’htiyot bu’ling va azon aytayotgan vaqtda namozga shoshiling!
*Namoz u’qiyotgan vaqtingizda shoshilmasdan u’qing.Namoz sizni huzuringizda siz qanday hohlasangiz uni shunday ado qiladigan haqir-past narsaga aylanib qolmasin!
*Imomga ergashing,chunki Imom namozni ohiriga etqazguvchilardan qilib qu’yildi.
*Namozingizni ohirgi u’qiyotgan namozim deb u’qing,chunki bizlar bilgan har bir kishilar dunyodan u’tib ketishdi,albatta siz ham ularning holiga tushguvchilardansiz.

Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2
Просмотров: 2387 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 4.0/1 |