Главная » 2010 » Июль » 27 » Nabiy sallollohu alayhi vasallamning ro'zalarini sifati Ro'za vojiblari,odoblari...
Nabiy sallollohu alayhi vasallamning ro'zalarini sifati Ro'za vojiblari,odoblari...
04:22
                    
                   Kimlar ro'za tutadi va kimlar ro'za tutmaydi,ro'zani hukmlari
                          Nabiy sallollohu alayhi vasallamning ro'zalarini sifati
.
   Ro'za vojiblari,odoblari,duolari,ro'zani hukmi,odamlarning ro'za tutish bo'yicha taqsimlanishlari,ro'zani ochadigan narsalar va boshqa joiz bo'lgan foydalar...
Allohdan so'raymizki musulmonlar Nabiy s.a.v.ni har bir kichik va katta sunnatlarini  hayotlariga tatbiq qilishlikni muvaffaq qilsin.
Ro'zani ta'rifi: u Alloh uchun bomdod boshlanishidan shom vaqtigacha ro'zani ochadigan narlarni tark qilgan holda ibodat qilish.
Ramazon ro'zasi: Nabiy s.a.v.ning suzlariga ko'ra Islomni ulug' arkonlaridan biri: "Islom besh narsani ustiga qurilgan,{La ilaha illalloh,Muhammadur rosululloh} kalimasiga guvohlik berishlik,nomozni qoim qilish,zakotni ado e'tish,Ramazon ro'zasini tutish va Baytul-haramni haj qilishlik." Muttafaqun alayh.
                                              Ro'zador odamlar:
-Vojib bo'lgan ro'za: har bir balog'atga etgan,aqllik,qodir bo'lgan va musofir bo'lmaganlarga vojibdir.
-Kofir ro'za tutmaydi, agar Islomga kirsa kofir holatidagi o'tgan ro'zalarini qazosini tutishlik vojib bo'lmaydi.
-Balog'atga etmagan yoshlarga ro'za vojib e'mas,lekin odatlantirishlik uchun ro'za tutishlikka buyuriladi.
-Tuzalishi mumkin bo'lgan to'satdan kelgan kasallik bilan kasallangan bemor, agar unga ro'za tutish qiyin bo'lsa ro'za tutmasdan,sog'ayib tuzalgandan keyin qazosini tutib beradi.
-Jinni, unga ro'za tutish va ro'za o'rniga birovni ovqatlantirish ham vojib e'mas garji u katta yoshlik bo'lsa ham,shi kabi hech narsani ajratolmaydigan aqli pastlar va aqldan ozga qarilar ham jinni hukmidadirlar.
-Ro'zaga ojiz bo'lgan kishilar: yoshini kattaligi sababli yoki tuzalmaydigan kasal tufayli va shunga o'hshash doimiy sabablar bilan uzrlangan kishilar.Ular har bir ro'za kuni o'rniga bir miskinni ovqatlantiradilar.
-Homilador va e'mizikli ayollar: agar ularga ro'za homila yoki e'madigan bola tufayli qiyin bo'lsa yoki bolalariga zarar etishidan qo'rqsalar, ro'za tutmasdan, qachonki ularga engilchilik bo'landa va bolaga zarar etish havfi ketganda qazosini tutib beradilar.
-Hayz va nifosdagi ayollar: ular hayz va nifos hollarida ro'za tutmaydilar,poklanganlaridan keyin qazosini tutib beradilar.
-Iftor qilishga majbur bo'lgan odam: chukayotgan yoki yonayotgan odamni qutqarish uchun og'zini ochsa bo'ladi va qazosini tutib beradi.
-Musofir hohlasa ro'za tutadi va hohlasa tutmasdan,tutmagan kunlari uchun qazosini tutib beradi.Uning safari umra kabi kutilmagan safarmi,yoki shaharlarga qatnaydigan moshinalarning haydovchilari kabi doimiy takrorlanadigan safarmi bo'ladimi buni farqi yo'q,ular hohlasalar safarda ro'za tutmaydilar.Ular boshqa shaharda yurganlarida musofir hisoblanadilar.
                                                 Ro'zani hukmlari:
1-Niyat,kun chiqishidan oldin farz ro'zalarida niyat qilish vojib bo'ladi.Payg'ambarimiz aytdilarki: "Kimiki kun chiqishidan oldin ro'zasini niyat bilan jamlamasa unga ro'za yuqdir." Abu Dovud,sahih. "Kimiki kechqurundan ro'zani nayat qilmasa unga ro'za yuqdir." Nasoiy,sahih. Niyatni joyi qalbdadir.Uni talaffuz e'tish payg'ambarimiz va sahobalarning birontasidan ham vorid bo'lmagan.
2-Ro'zani vaqti,"Baqara" surasi:187-oyat,
  Fajr(kun chiqishi) 2hil bo'ladi:Yolg'on fajr-u vaqtda bomdod namozini o'qish mumkin e'mas,ro'za tutuvchiga ovqat eyish mumkin bo'lgan vaqt.U osminda ko'tarilib,yoyilgan (huddi bo'rining dumi kabi) uzun oqarish.  Sodiq fajr-u vaqtda ro'zadorlarga ovqat eyish ta'qiqlanadi va bomdod namozini o'qish mumkin bo'ladi.U tog' chuqqisi va daralarning ustida keng yoyilgan uzun qizg'ish rang,qizarishdir.
  Agar quyosh chiqish tominidan tun yaqinlashib,kun g'arb tomonga keta boshlasa va quyosh botsa shu paytda iftor qilinadi.Payg'ambarimiz s.a.v. aytdilar: "Agar tun mana bu tomondan yaqinlashib,ana u tomonga keta boshlasa va quyosh botsa shu paytda ro'zador iftor qiladi,bu holat quyosh kulchasining g'oib bo'lishi bilanoq amalga oshadi,garchi uning nurlari zohir-ko'rinib turgan bo'lsa ham.
3-Saharlik, Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: "Bizning ro'zamiz bilan ahli kitoblarni ro'zasi o'rtasidagi farq- saharda ovqatlanishlik bilandir." Muslim rivoyati. Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: "3 narsada baraka bor: jamoatda, sahar paytida va sho'rvada."Taboroniy rivoyati,sahih.saharlikdagi baraka zohir bo'lgandir,uni tark qilish mumkin e'mas,chunki sunnatga e'rgashish hisoblanadi va ro'zadorni quvvatlantiradi. Payg'ambarimiz s.a.v. aytganlaridek u-saharlik muborak ozuqa hisoblanadi: "Keling tabarruk bo'lgan saharlikdagi ovqatlanishga!" Abu Dovud,sahih.Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: "Saharlikdagi ovqatlanishda baraka bordir,agar sizlardan biringiz saharlikda bir qultum suv ichsa ham saharlikni tark qilmanglar!Albatta Aloh va maloikalar sahar qiluvchilarga salovat aytadilar."Imom Ahmad,hasan hadis.Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: "Mo'minni tamr bilan saharlik qilishi qanday ham yahshi!" Abu Dovud,sahih.Saharlikni fajrgacha kechiktirish payg'ambarimiz s.a.v. yo'llaridan e'di.
4-Ro'zadorni tark qilishi vojib bo'lgan narsalar:
 ~Yolg'on so'zlashlik,Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: "Kimiki yolg'on gapirish va unga amal qilishni tark qilmasa Allohga uni eb-ichishni tark qilishidan hojat yo'q." Buhoriy rivoyati.
 ~Bema'ni,befoyda gap va so'kish,Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: "Ro'za eb-chishdan tiyilish e'mas,balki ro'za so'kish va bema'mi gaplardan tiyilishdir.Agar seni birontasi so'ksa yoki senga johillik qilsa sen "Men ro'zadorman" deb aytgin." Ibn Huzayma,sahih.
5-Ro'zadorga muboh bo'lgan narsalar:
 ~Ro'zador junub holatida tong orttirsa bo'ladi,Oisha r.a. onamiz aytadilar: "Payg'ambarimiz fajr kirganda o'z ahllaridan junub holatida e'dilar,so'ng g'usul qilib ro'za tutar e'dilar."Muttafaqun alayh.
 ~Ro'zadorni misvok tutishligi.Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: "Agar ummatimga mashaqqat bo'lmaganda har bir tahoratda misvok ishlatishlikka buyurardim." Muttafaqun alayh.Bu hadisda Payg'ambarimiz ro'zadorni boshqalardan ajratmadilar,balki umumiy aytdilar,shundan kelib chiqib ro'zadorga va boshqalarga har bir namoz va tahoratda va hamma vaqtda misvok qilishga hadis dalolat qiladi.
 ~Og'izni chayib g'arg'ara qilish va burunga suv olib chayish,Payg'ambarimiz s.a.v. ro'zador hollarida og'izlarini chayib g'arg'ara qilib va burunlariga suv olib chayardilar.Lekin ro'zadorni og'iz  va burunga suv olib chayishida mubolag'a qilish(oshirib yuborish)dan qaytarardilar.Aytar e'dilarki: "Tahoratda burunga suv olib chayishlikda mubolag'a qilinglar(ya'ni halqumga etqazinglar),agar ro'zador bo'lsangiz mubolag'a qilmanglar." Abu Dovud,sahih.
 ~Ro'zadorga o'z ayoli bilan o'ynashib,kayfiyatini ko'tarish uchun o'pib qo'yishi.Oisha r.a. aytdilar: "Rosululloh s.a.v. ro'zadorliklarida o'par e'dilar va o'ynashib kayfiyatni ko'tarar e'dilar,lekin ular sizlardan ko'ra o'z nasflarini tuta oladiganroqdirlar." Muttafaqun alayh.Bu ishlar yosh uylanganlar uchun makruhdi,katta yoshlilargagina mumkindir.Rosululloh s.a.v. dedilar: "...Albatta yoshi katta kishi o'z nafsini jilovlab,to'hatata oladi." Ahmad rivoyati,sahih.
 ~Qon tahlili,va ozuqlanish maqsadisiz ukol olish.Albatta ukol olish ro'zani buzadigan narsalardan e'mas,chunki u ozuqalanadigan narsalardan e'mas va odamni ichiga kirmaydi.
 ~Taomni mazasini bilishlik, buni sharti odamni tamog'iga hech narsa kirmaslikdir,shuningdek tish pastasi ishlatish. Ibn Abbos r.a.dan rivoyat qilinganki: "Agar ro'zador bo'lsa sirkani yoki biror narsani mazasini bilishlikda,shu maza tamog'iga kirmasa zarar yo'qdir."Buhoriy rivoyati.
 ~Ko'zga dori qo'yish va surma surish: Bu ishlar ro'zani buzmaydi,agarda ularni mazasi tamoqda topilsa ham.Imom Buhoriy o'z sahihlarida aytganlarki: Anas,Hasan va Ibrohim r.a.lar ro'zadorni surma surishida ro'zasiga hech zarar yo'dir deb bilardilar.
6-Iftor qilishlik:
 ~Iftorga shoshilishlik,bu Nabiy S.a.v.ning sunnatlaridandir,va unda yahudiy va nasorolarga hilof qilishlik bordir,chunki ular iftorni kechiktiradilar,va ularni kechiktirishlari yulduzlar ko'ringunchadir.Payg'ambarimiz s.a.v. aytdilar: "Odamlar iftorni shoshiltirish bilan yahshilikda davomli bo'ladilar."Muttafaqun alayh.Yana aytadilar: "Ummatim iftorlarida yulduzlarni chiqishini kutmaydigan bo'lsalar meni sunnatimda bo'ladilar." Ibn Hibbon,sahih.
 ~Shom namozidan oldin iftor qilish, Anas r.a.dan rivoyat qilinadi: "Rosululloh s.a.v. namoz o'qishdan oldin iftor qilar e'dilar."Abu Dovud,hasan.
 ~Iftorni nima narsa bilan qilinadi? Anas ibn Molik r.a. aytdilar: "Nabiy s.a.v. namoz o'qishlaridan oldin bir necha ho'l hurmolarga iftor qilardilar,agar ho'l hurmolar topilmasa,quritilgan hurmo bilan og'iz ochardilar,agar quritilgan hurmo ham topilmasa suvdan ho'plab-qultumlab ichardilar."Abu Dovud,sahih.
 ~Iftor vaqtida nima deyiladi?: "Payg'ambarimiz s.a.v. aytdilar: "Ro'zadorni iftor vaqtida qilgan duosi qaytarilmaydi."Ibn Mojja,sahih."Payg'ambarimiz s.a.v. : "Zahabaz-zomau vabtallatul u'ruq,va sabatal ajr inshaalloh (Chanqash ketdi va tomirlar ho'llandi,va inshaalloh ajr-savob hosil bo'ldi."deb duo qilardilar."Abu Dovud,sahih.
7-Ro'zani buzadigan narsalar:
 ~Ataylab qastdan eb-ichish,garchi u foydalik yoki zararlik(huddi sigaretga o'hshagan) bo'lsa ham,ammo shu narsalarni e'sdan chiqargan yoki hato qilgan yoki majburlangan holatlarda qilsa ularning ro'zalari inshalloh ochilmaydi.Payg'ambarimiz s.a.v. aytdilar: "Agar e'sdan chiqarib eb-ichsa ro'zasini davom e'ttirsin,chunki uni Alloh edirib,ichirdi."Muttafaqun alayh.
 ~Qastdan ataylab qusish va oshqozondagi narsalarni og'iz  orqali chiqarib tashlash."Payg'ambarimiz s.a.v. aytdilar: "Kimiki o'zi hohlamasa va unga qusish g'olib kelsa ro'zasini qazo qilmaydi,va kimki o'zi hohlab qussa qazosini tutib beradi." Abu Dovud,sahih.Agar qusishni qasd qilmasa ro'zasi buzulmaydi,ya'ni o'zini zo'rlab qusmasa zarari yo'q.
 ~Jimo'-ayoliga yaqinlik qilish: Agar ramazonni kunduzida ro'zador jimo' qilsa uni kafforati(gunohini yuvish uchun e'vaziga tulab beradigan narsasi) og'ir-qattiqdir,unga qul ozod qilish,agar topa olmasa 60 kun ketma-ket har kuni ro'za tutish,agar bunga ham qodir bo'lmasa 60 ta miskinni ovqatlantirish vojib bo'ladi.
 ~Ozuqlantiradigan ukol olish, U kasalni ozuqlantirish maqsadida oziqlantiruvchi yoki quvvat beruvchi ba'zi moddalarni ukol orqali badanga yoki qonga yuborishlik,bu holat ro'zani buzadi.Chunki ichiga kirg'izilayapti.
 ~Hayz va nifos qonlari,bu ayollardan kunning ba'zi qismida chiqadigan qondir, va kunni boshida yoki ohirida chiqsa ham ro'zani ochadi,va qazosini tutib beradi.
 ~Uyg'oq holatda erkaklar maniyni chiqarib tashlashi-istimno (qo'l bilan) yoki ayoli bilan o'ynashib,o'pib,quchoqlab yoki shunga o'hshash holatlar orqali maniyni tushirishlik ro'zani buzadi,ammo tush ko'rgan holatida o'zi tushsa ro'za buzulmaydi,chunki ro'zadorni hohishisiz bo'lgani uchun.
 ~Qon quydirish, ro'zador qon yoqotib qonga muhtoj bolib qolsa va unga ukol orqali qon quyilsa bu holda ro'zasi buziladi.
8-Ro'zani qazosi, qazo ro'zani tutishlikka shoshilib uni kechiktirmaslik mustahabdir.Qazo ro'za tutayotganda ketma-ket ulab tutish vojib e'masdir.Ilm ahllari jam bo'lishgan:Kimiki o'lsa va uni o'qimagan namozlari bo'lsa u namozlarini qazo qilinmaydi,va shuningdek kimiki ro'za tutishlikka ojiz bo'lgan bo'lsa uni nomidan ro'za tutib berilmaydi,balki har bir kuniga bitta miskinni ovqatlantiriladi.Lekin kimiki o'lsayu uni tutmay qolgan qazo ro'zalari bo'lsa uni valiysi uni nomidan ro'zasini tutib qo'yadi.Payg'ambarimiz s.a.v. aytdilar: "Kimiki o'lsa va uni tutmay qolgan ro'zasi bo'lsa uni valiysi uni nomidan ro'za tutib beradi."Muttafaqun alayh.
9-Namoz o'qimasdan ro'za tutish, Kim ro'za tutsayu namoz o'qimasa u tavhiddan keyingi muhim bo'lgan ruknlardan bir ruknni tark qilibdi, agar u kishi namozni tark qilib yurgan bo'lsa uni ro'zasi biron bir foyda bermaydi,chunki namoz din ustunlaridan bir ustundir,u bilan din din hisoblanadi,va namozni tark qilish kufr deb hukm qilingan va kofirdan biron bir amal qabul qilinmaydi.Rosululloh s.a.v. dedilar: "Kofirlar bilan mo'minlarni o'rtasidagi farq  bu namozdir, kim uni tark qilsa u kofir bo'libdi." Imom Ahmad,sahih.
10-Kech kirganda taroveh namozini o'qish: Rosululloh s.a.v. Ramazonda tarovh namozini jamoat bilan birga o'qishlikni sunnat qildilar,so'ngra uni ummatlariga farz bo'lib qolishligidan qo'rqqan holda tark qildilar va uni rakatlarini soni 8 rakatdir vitrdan boshqa.Oisha r.a.dan keltirilgan hadisda: Nabiy s.a.v. Ramazonda va boshqa oylarda 11 rakatdan oshirmas e'dilar."Muttafaqun alayh.Umar ibn Hattob bu sunnatni tiriltirgan vaqtlarida 11 rakatni(8rakat taroveh + 3rakat vitr) 23 rakatga (20rakat taroveh + 3rakat vitr) kupaytirdilar.U kishidan keyin 39 rakatgacha kupaytirib o'qishdi.23 rakat o'qishga amal qilishlik Baytul-haramda joriy qilingan va bu 3 ta mazhab e'galari va boshqa ulamolarning so'zlaridir.
 Hozirgi kunimizda musulmonlar taroveh namozida tez qiroat qilish,ruku va sajdada hotirjam turmaslik,shoshilish balosiga mubtalo bo'lganlar.Bu shoshilish va tez qiroat qilish hushu'ni ketqazib,namozni ajrini kamaytiradi.Ba'zi holatlarda namozni botil qilib buzulishiga sabab bo'ladi..Allohni o'zi yordam bersin..
11-Fitr zakoti=sadaqasi, uni berish farzdir.Ibn Umar r.a.dan: "Rosululloh s.a.v. Ramazondagi fitr zakotini hamma odamlarga farz qildilar." Muttafaqun alayh.Bu zakot musulmonlardan bo'lgan:kichik va kattaga,erkak va ayolga,qul va ozodga vojib bo'ladi.Uni miqdori 1 so'(ya'ni tahminan 3kg.ga yaqin), shu shaharni ko'p istemol qiladigan narsasidan beriladi.Agar o'zi va oilasini bir kecha-kunduzlik ovqatlantirishdan orttira olsa.Ya'ni agar juda faqir bo'lsa va fitr berganda o'zini eyishiga hech narsa qolmasa unda unga farz e'masdir.E'ng afzali faqirlarga foydaliroq narsada berishlikdir.
 ~Uni chiqarish-berish vaqti: Hayit kuni hayit namozidan oldin va undan bir-ikki kun oldin berish joiz bo'ladi,va hayit namozidan kechiktirish mumkin e'mas.
    Bu risolani fatvo bo'limi a'zosi Shayh Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Jibriyn tekshirib ko'rib chiqdi.
Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 5756 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 5.0/1 |