Главная » 2010 » Июль » 31 » Ibrohim Ibn Adhamni vasiyatlari.Kechqurungi mehmon...
Ibrohim Ibn Adhamni vasiyatlari.Kechqurungi mehmon...
23:54
           
      Ibrohim Ibn Adhamni vasiyatlari.
Bir kishi Ibrohim Ibn Adhamni oldiga kelib aytdiki:Ey Abu Ishoq men uz nafsimga hojatsiz gunohlarni ziyoda qilaman.Meni kuch bilan himoya qiluvchi va menga najot beruvchi narsalardan menga ayting.
Ibrohim Ibn Adham dedilar:Agar beshta hislat yoki sifatni qabul qilsangiz va shu sifatlarga qodir bulsangiz gunoh zarar bermaydi.
U kishi aytdi:Ey Abu Ishoq aytib bering.
Ibrohim Ibn Adham dedilar:Birinchisi:Agar sen Allohga osiy bulmoqchi bulsang uni rizqidan emagin.
U kishi aytdi:Bulmasa qaerdan eyman erdagi har bir narsa uni rizqi bulsa?
Ibrohim Ibn Adham dedilar:Ey kishi seni bu gunoh qilishing bilan uni rizqini eb turib yahshilik qilyapman deb uylaysanmi?
U kishi dedi:Yuq...Ikkinchisini ayting.
Ibrohim Ibn Adham dedilar:Agar sen gunoh qilmoqchi bulsang sen uni shaharlarida yashamagin.
U kishi aytdi:Bu ulug gap buldi,bulmasa qaerda yashayman?
Ibrohim Ibn Adham dedilar:Ey kishi sen uni shaharlarida yashab unga gunoh qilishing yahshimi?
U kishi aytdi:yuq...uchinchisini ayting.
Ibrohim Ibn Adham dedilar:agar sen gunoh qilishni hohlasang vaq sen uni rizqidan eyapsan va uni shaharida yashayapsan,uzingga bir joyni qidirginki ujoyda hech kim seni kurmasin va u erda gunoh qilasan.
U kishi aytdi:Ey Ibrohim Ibn Adham bu nimassi ahir u zot qalblarni ichini ham bilguvchi,kurguvch bulsa?
Ibrohim Ibn Adham aytdilar:Ey kishi senga u yahshilik qilsa sen uni rizqidan esang va shaharida yashasang va u seni kurib turganda unga gunoh qilasanmi?U seni ochiq-zohir qilaytgan ishlaringni bilib turguvchi zot bulsa?
U kishi  aytdiki:Yuq...Turtinchisini ayting.
Ibrohim Ibn Adham aytdilar:Agar senga ulim farishtasi ruhingni olishlik uchun kelsa sen unga aytginki meni kechiktirgin hattoinki nasuh tavba va solih amallar qilib olay?
U kishi aytdi:U meni gapimni qabul qilmaydi.
Ibrohim Ibn Adham dedilar:Ey kishi agar senga ulim kelgan vaqtda tavbaga qodir bulmasang va sen bilasanki agarda ulim keladigan bulsa uni kechiktirishlik mumkin emas va qanday qilib ulim ohirgi holating bulsa undan qochib ketasan?
U kishi aytdi:Beshinchisini ayting.
Ibrohim Ibn Adham dedilar:Agarda qiyomat kunida zaboniya farishtalari seni duzahga olib ketish uchun kelsa ular bilan bormagin.
U kishi aytdi:Ular meni quyvorishmaydiyam,meni gaplarimni gaplarimni qabul qilishmaydiyam.Ey Ibrohim Ibn Adham etarlik etarlik Allohga istigfor etib unga tavba qildim dedi.
Sungra ukishi tavbasiga vafo qilguvchilardan buldi hattoinki dunyodan kuz yumgunga qadar ibodatni uziga lozim tutib gunohlardan saqlandi.
        Kechqurungi mehmon.
Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Bir kishini ochlik qiynab yubordi Ansorlardan bulgan boshqa bir kishi u kishini ochligini bilib,payqab qoldi.Kech kirganda u kishini uz uyiga olib keldi.
Hotiniga aytdiki:Sen bu kechada taomni mehmonga berib uzing taomsiz kechani utkaza olasanmi?
Ayoli ha albatta dedi.
Ansoriy ayoliga aytdiki:agar taom olib kelsang bu chiroqqa huddi sen u chiroqni tuzatayotgandek yaqinlashgin sungra uni uchirib quy.
Ayoli huddi shunday qildi va shurva olib keldi va huddi ularni oldilariga bir qush quyilgandek buldi.
Ansoriy qulini idishga quyib turdi sungra qulini bush oldi.Bu ishi rasululloh sallollohu alayhi vasllamga kursatilindi.Ertalab bulganda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan birga fajr{bomdod}ni uqidilar.
Vaqtiki Rasululloh sallollohu alayhi vasllam salom berganlaridan keyin ansoriyni oldiga kelib aytdilarki:"Sen kechqurundagi kalom sohibidirsan".
Bu gapni eshitib ansoriy qurqib titrab ketib suradi:Qaysi kalom Ey Rasululloh dedi.
Rasululloh sallollohu alayhi vasllam "bunday bunday" deb ayoliga aytgan suzlarini aytdilar.
Ansoriy roziyallohu anhu dedi:Ey Rasululloh huddi shunday bulgandi dedi.
Rasululloh sallollohu alayhi vasllam aytdilar:Allohga qasam ichamanki Alloh Taolo sizlarni bu kechada qilgan ishlaringizdan ajablandi.

 
Прикрепления: Rasm 1
Просмотров: 2463 | Добавил: iyman@islam | Рейтинг: 0.0/0 |